Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti
Download 1.06 Mb.
|
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- >MAVZUSIDA KURS ISHI Qabul qilidi: Ilmiy raxbar:Ergasheva Yulduz Topshirdi: Bozorov Bobojon TOSHKENT -2023
- II BOB Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati 2.1 Generalizatsiyaning aniqligi va sifati 2.2. . Umumgeografik kartalarni turlari va amaliy ahamiyati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA GEAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI GEODEZIYA KARTOGRAFIYA GEODEZIYA YO’NALISHI 2-BOSQICH TALABASI BOZOROV BOBOJON NING < KURS ISHI Qabul qilidi: Ilmiy raxbar:Ergasheva Yulduz Topshirdi: Bozorov Bobojon TOSHKENT -2023 MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………..3 I BOB. GENERALIZATSIYA TURLARI 1.1 . Kartografik generalizatsiya va uning xususiyatlari 1.2 Generalizatsiya turlari II BOB Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati 2.1 Generalizatsiyaning aniqligi va sifati 2.2. . Umumgeografik kartalarni turlari va amaliy ahamiyati XULOSA…………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………… KIRISH Har xil joylashgan voqea va hodisalarni generalizatsiya qilishda punktlarga joylashtirilgan obektlar sifat va miqdor tavsiflarini tsenzlar va tanlab olish normalarini qo’llab generalizatsiya qilinadi. Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obektlar ham generalizatsiya jarayonida tsenzlar va normalarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni talab etadi. Chiziqli obektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishning muhim elementi ularning suratlarini to’g’rilash va soddalashtirish, turli bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo’rttirib ko’rsatishda ham) dan iboratdir. Chiziqli obektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy o’lchamlari bilan taqqoslaganda bo’rttirib (oshirib, ko’paytirib) berish bilan bog’liq. Shuni takidlash lozimki, obektni o’rganilganlik ham generalizatsiyaga ta’sir etadi. Obekt yetarli darajada o’rganilganda tasvirlash maksimal darajada to’liq (kartaning ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bo’lishi mumkin, material yetishmaganda esa u muqarrar, umumlashgan va sxematik tarzda bo’lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to’liq bo’lmagan manbalar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik kartalar ancha umumlashgan bo’ladi, chunki bunda obekt hali to’liq o’rganilmagan uning tarqalish qonuniyatlari to’g’risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo’ladi. Generalizatsiya uchun kartalarning jihozlanishi ham ahamiyat kasb etadi. Ko’p rangli kartalar (bir xil, teng sharoitda) oq-qora kartalarga qaraganda ancha ko’p miqdordagi belgilarni ko’rsatishga imkon beradi. Rangli gullashlar, izoliniyalar, belgilar. yaxshi tanlab olinsa, bitta kartada karta o’qilishi uchun ziyon keltirmasdan oltitagacha bir-birini qoplaydigan belgilarni birga qo’shib ishlatish mumkin. Maydon uzra joylashgan obektlar avvalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini yiriklashtirish yo’li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda ularning qiyofalarini (tashqi ko’rinishini) to’g’rilab qo’yishda namoyon bo’ladigan generalizatsiyaning geometrik jihatlari nihoyatda muhimdir. Bunda mayda konturlar ancha yiriklari bilan qo’shib yuboriladi, ko’pchilik hollarda esa yagona areal konturi bilan almashtiriladi. Agar hodisa kartada izoliniyalar yordamida ko’rsatilgan bo’lsa, u holda kesim balandligi kattalashtiriladi, izoliniyalar suratini umumlashtirish, ularni o’zaro muvofiqlash ishlari bajariladi. Nuqtalar usuli bilan tasvirlanadigan yoyilib tarqalgan obektlar nuqtalar og’irligini yiriklashtirish hisobiga generalizatsiya qilinadi. Agar bu obektlar sifatli fon yoki areallar usuli bilan ko’rsatilgan bo’lsa, u holda generalizatsiya konturlarni yoki areallarni saralab olish va ularning chegaralarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik kartalarning eng muhim xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki hatto to’liq Yer shari miqyosida bevosita ko’zdan kechirish va o’rganish imkoniyatiga egaligidir Mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabli kartada bo’lgan hamma voqea va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas, shuning uchun ularni saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo’ladi. Karta masshtabi qisqarishi bilan fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta’sir qiladi, yirik masshtabli kartalar uchun muhim bo’lgan obektlar (masalan, maxalliy orientirlar) mayda masshtabli kartalarda o’z ahamiyatini yo’qotadi va ular chiqarib tashlanishi lozim. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling