Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Kartografiya va uning tarmoqlari boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 1.06 Mb.
bet14/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1700352
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

7. Kartografiya va uning tarmoqlari boshqa fanlar bilan aloqasi. Kartografiya — tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalarning joylashishini, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini, maxsus tasvir — obrazli belgi-modellar vositasida matematik yo‘l bilan tckislikda kichraytirib, generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimgi fanlardan biri bo‘lib, bu fan to‘g‘risidagi dastlabki ta’rif eramizning 2-asrida yashagan ulug‘ olim Klavdiya Ptolomey tomonidan berilgan desa bo‘ladi. U geografiya fanining vazifasi Er yuzasini kartografik jihatdan tasvirlashdan iboratdir degan edi. Vaqt o‘tishi bilan kartografiya fanining ta’rifi ham o‘zgarib, takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya geografik kartalar to‘g‘risidagi fan deb, uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rganishdan iboratdir deb kelingan. So‘nggi vaqtlarda kartografiya fanining o‘rganish ob’ekti to‘g‘risida turli xil konsepsiyalar (qarashlar) paydo bo‘lib, ba’zilar dunyoni bilish va fikrlash desa, ba’zilar dunyoni o‘rganish manbayi va ma’lumot beruvchi demoqdalar, XX asrning 80-yillarida esa geoinformatsiya, ya’ni Er va jamiyat fanlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi fan deb qaraganlar ham bo‘ldi. Hozirgi vaqtda kartografiyaning tarkibi juda kengayib, uni ham tabiiy, ham texnikaviy fanlar sistemasidan iborat deb qaralmoqda. Kartografiya fani ko‘pgina fanlar, chunonchi matematika, masofadan turib o‘rganish, tasviriy san’at, texnika (avtomatika, informatika va elektronika), astronomiya va geodeziya, Er to‘g‘risidagi fanlar, logika, ij’timoiy-iqtisodiy fanlar va geografiya fanlari sistemasi bilan uzviy aloqadadir. Kartografiya, o‘z navbatida, bir necha mustaqil ilmiy fanlar va texnikaviy tarmoqlardan tashkil topgan bo‘lib, ularni juda qadimdan o‘rganilib kelingan, ikkinchilari yaqinda shakllangan bo‘lsa, uchinchilari endi shakllanish arafasida. Lekin ularning barchasi bir-birlari hamda boshqa sohalar bilan bog‘langan
8. Umumgeografik kartalarning bo‘linishi (tasnifi).


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling