Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Umumgeografik kartalarning ahamiyati


Download 1.06 Mb.
bet13/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1700352
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

5. Umumgeografik kartalarning ahamiyati. Sobiq ittifoqda nashr qilingan topografik va obzor-topografik kartalar davlat kartalari deb yuritilib, maxsus «maxfiy» joylarda saqlangan. Chunki bunday kartalar mudofaa, ilmiy-tadqiqot va qurilishlarni loyihalash, rejalashtirishda foydalanilgan. Yirik va o’rta masshtabli topografik kartalar davlat kartalari bo’lib, ular yirik masshtabli. Ularni «mazmun» va aniqligi davlat stanlartlariga to’g’ri keladi (maxsus qo’llanma va instruksiyalar asosida tuziladi). Sobiq Ittifoqda hamma geodezik va aerogeodezik ishlar GUGKning kartografik va geodezik korxonalarida bajarilib, boshqa tashkilotlarni yirik va o’rta masshtabli umumgeografik kartalar bilan ta’minlanar edi. Nashrgacha bo’lgan hamma ishlar geodeziya va kartografik korxonalarda tayyorlanib uni nashr qilish kartografik fabrikalarda bajarilar edi. Lekin ba’zi AGPlarda kichikroq nashr qiluvchi sexlar ham mavjud bo’lib, o’zida nashr etilar edi. Sobiq Ittifoqda ilmiy mavzuli kartalar tuzuvchi maxsus tashkilotlar (NKRCH) (nauchno-redaksionno„y kartsostavitelskiy chast) bo’lib, u GUGK ixtiyorida bo’lib, 1978 yildan «Kartografiya ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi» deb yuritiladi. Bu tashkilot mamlakatda kartografiya bo’yicha asosiy ilmiy ishlab chiqarish ishlari bilan shug’ullanib, murakkab va yangi (original) karta va atlaslarni loyihalaydi, tuzadi va oxirgi nusxagacha (originalgacha) etkazib beradi
6. Umumgeografik Kartani ta’rifi, xususiyatlari va ahamiyati. umumgeografik vamavzuli kartalarni tayyorlashning nazariy va amaliy tomonlarini Mazkur kitob, umumgeografik va mavzuli kartalarning xususiyatlarini, ularni yaratish usullari sistemasi hamda qo‘lda (an’anaviy usulda) va avtomatizatsiya yordamida tayyorlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan. Bu jarayonlar umumiy ko‘rinishda bayon qilinib, keyingi kartografik jarayonlarni bajarish uchun zamin yaratishga mo‘ljallangan. Mavzuli kartalarni loyihalash va tuzish maxsus kurs sifatida qo‘llanmada ular to‘g‘risida qisqacha tushunchaberilgan bo‘lib, mavzuli kartalarni yaratishdagi dastlabki ma’lumotlar takrorlanmasligi ko‘zda tutilgan. Unda «kartalarni loyihalash va tuzish» to‘g‘risidagi an’anaviy usullar tahlil qilinib, so‘ngra hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan usullar yoritilgan. So‘nggi paytlarda kartografik ishlab chiqarishda kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanilishi, kartalar tuzishda, kosmik suratlarning ishlatilishi hamda masofadan turib olingan manbalar asosida kartalar tuzishni ko‘zda tutib, kitobda ular to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi. Kitobda kollejlarning boshlang‘ich kurslarida o‘qilgan fanlarga asoslangan holda kartografiya fanining ba’zi qismlari qisqaroq bayon qilingan. Kitob mazmuni faqat ma’ruza uchungina ma’lumotlar berilgan. Ushbu kurs dastlab «Kartalarni tuzish va tahrir qilish» deb yuritilar edi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling