Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


GEOGRAFIK KARTALARNI TAHLIL QILISH USULLARI


Download 37.96 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi37.96 Kb.
#1280618
1   2   3   4
Bog'liq
Geografik kartalardan foydalanish tarixi Tadqiqotlarning kartogr

3. GEOGRAFIK KARTALARNI TAHLIL QILISH USULLARI


Kartografik tadqiqotlar usulining turli fan va ishlab chiqarish sohalarida qo’llanilishi natijasida kartalarni tahlil qilishning bir qancha yangi usullari mavjud bo’lib, bunga kartograflar, geograflar, geologlar, matematiklar, iqtisodchilar katta hissalarini qo’shganlar.
Qadimdan tahlil qilish ishlarida kartometrik va morfometrik usullar qo’llanilib kelingan, bugungi kunda ularga matematik tahlil, mate­matik statistika, ehtimollar nazariyasi va boshqa metodlar qo’shilgan. Eng ko’p ishlatiladigan tahlil usullarini quyidagicha guruhlash mumkin:
Izohlash:

  • umumiy;

  • elementlar bo’yicha.

Grafikli (chizmali) usullar:

  • ikki o’lchamli grafiklar;

  • uch o’lchamli grafiklar.

Grafo-analitik usullar:

  • kartometrik;

  • morfometrik.

Matematik-kartografik modellashtirish usullari:

  • matematik tahlil;

  • matematik statistika;

  • ehtimollar nazariyasi.

Har bir guruh ko’plab alohida kichik-kichik turlardan va ularning birlashmalaridan tashkil topadi. Bularning hammasi birlashib, obektlarni har tomonlama tadqiq qilishning imkonini beradi. Guruhlar orasidan ish jarayonida umumiy yoki qisman ishchi hamda faqat kalitli joylar uchun zarur bo’lgan usullar tanlab olinadi.
Texnik vositalardan ham foydalanishni e’tiborga olib, tahlil usullarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Vizual tahlil — kartani o’qish, obektni ko’z bilan tahlil qilish va baholash.
2. Instrumental tahlil — turli asboblarni o’lchash ishlarida qo’llash.
3. Kompyuterli tahlil —texnik va avtomatik vositalardan foydalanib o’lchash, hisoblash va baholash ishlarini avtomatik ravishda bajarish.
Yagona karta yoki kartalar majmuasini o’rganishda yuqorida nomlari keltirilgan usullardan alohida-alohida yoki ularni birlashtirib tadqiqot o’tkazishda foydalaniladi. Ko’z bilan chamalab izohlashni ba’zan kartometrik ishlar bilan to’ldirish juda zarur. Yildan-yilga yangi usullar yaratilmoqda, ulardan turli sohalarda foydalanilmoqda.

Download 37.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling