Elyorning Umumta’lim maktablarining 7-sinfida “O’zbekiston suv omborlari”
mavzusini o’qitishning zamonaviy usullari mavzusida yozgan bitiruv malakaviy
ishiga
Rahbar xulosasi
Razzoqov Elyorning ―Umumta’lim maktablarining 7-sinfida ―O’zbekiston suv
omborlari‖ mavzusini o’qitishning zamonaviy usullari― mavzusida yozgan bitiruv
malakaviy ishida umumta’lim maktablarida hozirgi zamon talabiga javob bera
oladigan noan’anaviy dars o’tish metodlaridan foydalanib dars olib borish atroflicha
yoritilgan.Malakaviy bitiruv ishi Kirish, III bob, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat mundarija asosida bajarilgan.Bitiruv ishining birinchi bobida
O’zbekiston suv omborlari mavzusini o’qitishning maqsadi, vazifalari va ahamiyati
haqida, II bobida O’zbekiston suv omborlari haqida umumiy ma’lumotlar, ularning
turlari va tasniflari III bobida esa O’zbekiston suv omborlarining gidrologik rejimi va
morfometrik ko’rsatkichlari haqida fikr yuritilgan.Malakaviy bitiruv ishi turli
mazmundagi 10ta jadval va suvning tabiatdagi aylanma harakatini ifodalovchi rasm
bilan boyitilgan.
Razzoqov Elyor o’z malakaviy bitiruv ishida bu mavzuni o’rganish
o’quvchilarga atrof-muhitni suv resurslarini ifloslanishdan saqlash, suvdan unumli
foydalanish har qanday gidrografik ob’ektning inson hayotida muhim o’rin tutishini
anglashlariga ko’mak berishini ta’kidlab o’tgan. Geografiya fanlarini o`qitish
jarayonida suv boyliklari shu jumladan suv omborlari mavzusiga iloji boricha
kengroq yondashish lozim. Chunki suv – hayot va tiriklik manbaidan
biridir.Geografiya tizimida suv boyliklarini o’rganish bosqichlarini kelajak avlodga
targ’ibot qilish, tushuntirish va o’rganishni maqsad qilib qo’yish lozim.
Razzoqov Elyor mavjud adabiyotlardan, ilmiy to’plamlardan oqilona
foydalangan. Mavzuni yoritishda yangi pedagogik texnologiyalaridan, yangi
axborotlarni to’plash, internet tizimi, gazeta-jurnallardan foydalangan holda ularni
tahlil qilishga harakat qilgan. Bundan tashqari pedagogik amaliyoti davomida
o’zlashtirilgan ko’nikma va tajribalariga tayangan holda yoritishga harakat qilgan.
Davlat Ta’lim Standartlari talablariga javob bera oladigan tarzda o’z ishini yozib
tugatgan.
Men bu ishni mazmunan tugatilgan deb hisoblab D.A.K. yig’ilishida himoya
qilishiga tavsiya
etaman.
Geogradiya kafedrasi katta o’qituvchisi: Shodiyev S.R.