Qayroqqum suv ombori - Farg’ona vodiysining g’arbiy qismidagi
gidrotexnika inshooti (Тojikiston va Uzbekistan hududida). Sirdaryoni to’sgan
Qayroqqum gidrouzeli to’g’oni bilan hosil qilingan; 1956-1958 yillarda
to’ldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km
2
, foydali hajmi 2,6 mlrd. m
3
. Uzunligi 60
km, maksimal eni 20 km, o’rtacha chuqurligi 8,2 m, maksimal chuqurligi 30 m. U
Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman ko’p yillik tartibga soladi, doimiy sug’orish
maydoni 475 ming gektardan ortiq. Qayroqqum suv ombori tarkibiga quvvati 426
MVt bo’lgan GES, to’g’on gidrouzeli umumiy uzunligi 27 km bo’lgan chap
qirg’oq marza dambalari suv osti zonasini gorizontal va vertikal drenajlovchi nasos
qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv o’tkazish imkoniyati 20 m
3
/s
bo’lgan Хo’jabaqirg’on (chap qirg’oq) va Samg’or (o’ng qirg’oq) sug’orish nasos
stansiyalari suv oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |