Geografiya” yo’nalishi 3-bosqich sirtqi bo’lim talabasi Bekchano’v Sherzodning


Download 69.3 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi69.3 Kb.
#1212991
  1   2
Bog'liq
O


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
Geografiya” yo’nalishi 3-bosqich sirtqi bo’lim talabasi
Bekchano’v Sherzodning
Jaxon geografiyasi”fanidan



Mavzu;Ozon tuynugi muommosi va uni xal etish yo’llari.

Toshkent-2021


Reja

  1. Kirish.



  1. Global muommolar.

3. Ozon qatlamining paydo bo‘lishi va uning himoya qiluvchi xususiyatlari.

4. Ozon qatlamining yemirilish sabablari va oqibatlari.

5. Muommoni xal etish yo’llari.

6. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish

Stratosferaning ozoni butun yer sharini qamrab olgan "ozon qatlami” deya nom olgan yupqa qatlamdan tashkil topgan. Ozon qatlami quyoshdan kelayotgan radiatsiyasini yutish xususiyatiga ega. Bu radiatsiyaning oshib ketishi barcha tirik jon uchun xavflidir.


Agarda milliard yil avval ozondan iborat boigan gaz qatlami shakllanmaganda edi, bizning sayyoramiz hayotsiz fazoviy jins bo‘lib qolar edi.
Quyosh radiatsiyasi beshafqatdir, u tirik organizmlarning DNKsiga zarar yetkazishi mumkin. Quyoshning yuqori radiatsiyasi natijasida saraton kasalligi va kishilarning tez qarish kelib chiqmoqda.
1985-yili ingliz olimlari Antarktida tepasida ozon tuynuklari paydo boiganini maiumqilishdi. Bir necha yildan keyin esa Sibir samosi ham "teshik” paydo bo’ldi.
Ushbu hodisa insoniyatni qayg‘uga solib qo‘ydi. Bo`lmasachi, ozon tuynugi kengayib ketsa quyosh radiatsiyasining ultrabinafsha nurlari yer yuzidagi tirik jonni - o‘simliklar, jonivorlar va insonni halokatga eltadi.
Maxsus tekshiruvlar olib borgan olimlaming taxminiga ko‘ra, ozon qatlamini xlor birikmasi buzarekan, ayniqsa, xloruglerodning ayrim turlari. Ularni yana freon deb ham atashadi. Bu moddalar muzlatgich hamda sovutgichlarda, slraningdek, porolon va penoplast ishlab chiqarishda qo`llanadi. Xlor ftoruglerodlar aerozol sepuvchi idihslar va elektr jihozlarini yuvadigan modda sifatida qo‘llanadi.
Yer yuzida beozor modda sifatida ko‘ringan freonlar atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqqanda buzg’unchilik faoliyatini boshlaydi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida ulaming molekulalaridagi kimyoviy aloqalar buziladi. Natijada xlor ajralib chiqadi. U ozon molekulasi bilan to‘qnashib, bitta atomini "urib” chiqaradi. Ozon oddiy kislorodga aylanadi. Xlor esa kislorod bilan vaqtincha birlashib, yana erkin boiib qoladi va yangi "qurbon” ortidan "quvlaydi”. Uning faolligi ozonning o‘n minglab molekulalarini buzishga yetadi.

1) Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. G.m. avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.


Global muommolarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan.Global muommolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta.
Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan Global muommolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. XX-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan.Global muommolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan G.m. — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muomoga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 69.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling