Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
Amazonka-dunyodagi eng sersuv va havzasining maydoniga ko'ra eng katta daryo. 1542--yili ispan konkistadori Fransisko Orelyan boshchiligadagi ekspedisiya daryoning mansabidan to uning boshlanish qismigacha sayohat uyushtirgan. Madeyra irmog'ining Amazonkaga qu-yilig qismida ispanlar mahalliy hindu qabilalari bilan to'qnash kelishadi. Taassufki, askarlarning boshliqlari hindu ayollari edi. Ispanlarga bu hol qadimgi yunon afsonalaridagi amazonkalar-lashkar ayollarni eslatar edi. Shuning uchun ular daryoni amazonkalar daryosi, ya'ni lashkar ayollar daryosi, deb nom qo'yishgan.XX asrlarda Amazonkaga uyushtirilgan sayohatlar hindu ayollarini janglarda ishtirok etishini yana bir bor isbot etgan bo'lsada, toponimistlar amazonkalar haqidagi afsonani daryo nomiga aloqasi yo'q, deb hisoblaydilar. Amazonka nomi hindu qabilalaridan birining tilidagi «amasunu»-katta suv, daryo so'zidan olingan. Bunday nomlar dunyodagi boshqa yirik daryolar uchun ham xos. Masalan, Amur, Yenisey, Missisipi nomlar ham katta suv, daryo degan ma'nolarni anglatadi. Lekin Amazonka nomi Amerika qit'asidagi boshqa hech bir gidronimlar tarkibida uchramaydi. Ayrim olimlarning fikricha «amasunu»-daryoning qu-yilish qismida qalqish hisobiga bo'ladigan tabiiy hodisa-to'lqin bilan bog'liq, deb hisoblaydilar. H.Hasanov ham «amazunu»-katta to'lqin, daryo nomi shundan olingan bo'lsa kerak, deb hisoblaydi. Amerika-qit'a, H.Hasanov ta'biri bilan aytganda dunyo xaritasidagi eng chalkash, xato nom. Chunki qit'ani mahalliy xalq bunday atamagan. X.Kolumb Hindistonga borish maqsadida 1492 -yili shu yerlarga kelib qolib, hatto bu yerlarni Hindiston (Vest Indiya) deb atagan. Lekin undan avval normannlar va boshqa sayyohlar, savdogarlar bu yerlarga borib turishgan. Amerika nomi Amerigo Vespuchchi nomi bilan bog'liq. U Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini o'rgangan va 32 betdan iborat maktubida noma'lum yerlarga borganligini yozadi. 1507-yili nemis kartografi Valdzemyuller o'z xaritasiga bu yerlarni «Amerigo yerlari» («Amerigo Vespuchchi tilgan olgan yerlar» ma'nosida) deb yozib qo'yadi. Shu bilan butun qit'a nomi Amerika bo'lib ketgan. Amerika qit'asi Shimoliy va Janubiy Amerika materiklaridan iborat. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling