Geografiyada toponimika
Amerika Qo'shma Shtatlari-
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amsterdam
Amerika Qo'shma Shtatlari-Shimoliy Amerikadagi davlat. 1776-yili Angliyaning bu yerlardagi 13 ta koloniyasi Amerika Qo'shma Shtatlariga birlashgan. Hozir u 50 ta shtatni o'z ichiga oladi. XX asr boshlarida «Shimoliy Amerika Qo'shma Shtatlari» deb atalgan. Umuman, Amerika va AQSH nomlarini chalkashtirib yubormaslik kerak: Amerika-umuman qit'a nomi, AQSH-davlat nomi. Amerika qit'asida 35 ta davlat bor, shulardan biri Amerika Qo'shma shtatlaridir.
Amsterdam-Niderlandiya poytaxti va yirik port shahar. Gollandcha «Amstel daryosidagi damba» degan ma'noni beradi. Amudaryo-Ikki yarim ming yildan ortiq vaqt mobaynida tilga olinib kelinayotgan daryo. Turli davrlarda har xil nom bilan atalgan. Dastlabki nomlaridan biri «O'kuz» bo'lib «suv», «daryo» degan ma'nolarni beradi. O'rta Osiyo haqida kitob yozgan yunon olimlari mahalliy O'kuz nomini Oks, Oksus, Akes tarzida yozib, g'arbga ma'lum qildilar. Shundan Oks-Amudaryoning yunoncha nomi degan tushuncha paydo bo'lgan. Bu daryoning Arang, Aranxa nomlari qadim zamonda, Jayhun degan nomi esa o'rta asrlarda mashhur edi. Ba'zan Vaxrud, Vaxshu deb yozganlar, Vaxsh so'zi-«suv xudosi», «suv malikasi» ma'nosida bo'lgan. Pokistonda Amudaryoni hozir ham Vakshunada deb yuritadilar. Ayrim bo'laklari Jaryob, Balx daryosi, Termiz daryosi, Kelif daryosi, Urganch daryosi, Xorazm daryosi, Jurjoniya daryosi nomlari bilan yuritilgan. Jumladan, u o'rta oqimdagi Omul, Omuyya (XV asrdan buyon Chorjo'y, hozirgi Turkmanobod) shahri yonida Omuy daryosi deb atalgan, qisqarib Amu bo'lib qolgan (bu so'zning asl ma'nosi aniq emas, amurd ismli xalqqa dahli bo'lsa ehtimol). Zamonlar o'tishi bilan bu nom butun daryoni «egallab» olgan. Buning boisi shuki, Omuyya (Chorjo'y) shahri Eron bilan Turkiston o'rtasidagi eng muhim savdo yo'li ustida, daryo kechigi yonida joylashgan muhim manzil bo'lganligidan ko'p og'izga olinib, ovoza bo'lib, boshqa nomlardan g'olib chiqqan. Amudaryo nomiga beriladigan «O'jar daryo», «Jo'shqin daryo», «Qutirgan daryo» singari izohlar uning lug'aviy ma'nosi emas, laqabi, xulqidir. Amur-daryo, Rossiya Uzoq Sharqidan oqib o'tib, Tatar bo'g'ozining Amur limaniga quyiladi. Daryo turli xalqlar tilida turlicha ataladi: evenklar Shilkar, mongollar Xoramuren-«qora daryo», manchjurlar Saxalyan-ula «qora suv», «qora suvli daryo» va hokazo deb ataydilar. Amur tangu-mangchjur tillaridagi amar-«katta daryo» so'zi asosida vujudga kelgan. And-Janubiy Amerikadagi tog' sistemasi. Mahalliy indeyeslar tilida ant-«mis» degan so'z. Haqiqatdan ham bu yerlarda qadimdan mis konlari ma'lum bo'lgan. Andijon-shahar, dastlab arab olimlari—Istraxiy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Andiyon, shuningdek, Andixon shakllarida qayd qilingan. Andijon urug' nomi. Andi-qabila nomi, andijonliklarni hatto qisqacha «andi» deb ham ataganlar; jon qo'shimchasi, ehtimol, qadimiy terminlardan biri-gan, gon bo'lib, daryo ma'nosida bo'lishi ham mumkin, deb hisoblaydi H.Hasanov. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling