Geografiyada toponimika
Dashti Lut-cho'l, Eronning sharqida joylashgan. Forscha lut so'zi «qumloq cho'l» degan ma'noni anglatadi. Dehli-
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dejnev burni
- Dominika
- Dreyk bogozi
Dashti Lut-cho'l, Eronning sharqida joylashgan. Forscha lut so'zi «qumloq cho'l» degan ma'noni anglatadi.
Dehli-shahar, Hindiston poytaxti. Dastlab Ptolomey asarlarida Indrabara shaklida tilga olingan. Dehli nomi podsho Dillu nomi bilan bog'langan. Hozirgi Dehli Eski dehli va Yangi Dehliga bo'lingan. Eski Dehli XVII asrda Shohjahon tomonidan qurilgan va u Shoxjahonobod deb ham ataladi. Dejnev burni-Osiyoning eng sharqiy chekka nuqtasi, Chukotka yarim orolida joylashgan. 1648-yili Semen Ivanovich Dejnyov tomonidan kashf etilgan. Dastlab Bolshoy Kamenniy Nos, Chukotka burni, Sharqiy burun deb atalgan. 1898-yili ushbu joy kashf etilganligining 250 yilligi munosabati bilan akademik YU.M.Shokalskiy taklifi asosida Dejnev burni deb o'zgartirildi. Dekan-Hindistondagi yassi tog'lik. Mahalliy aholi Dakxin deb ataydi, bu qadimgi sanskritcha Dakshina-Pantx nomidan olingan bo'lib, «janubiy tomon» degan ma'noni anglatadi. Desna- Rossiya va Ukrainadagi daryo. Dneprning chap irmog'i. Smolensk-Moskva qirlaridagi botqoqolikdan boshlanib, Kiyev shahri yonida Dneprga quyiladi. Desna so'zining etimologiyasi hozirgacha aniq belgilangan emas. YA.Razvodavskiy, M.Fosmerlar slavyan tillaridagi desni (o'ng tomon) so'zini toponim bilan aloqador deb hisoblaydilar. A.I.Sobolevskiyning fikricha so'zning asosida “dar” termini yotadi. Detroyt-AQSH dagi shahar. 1701-yili Guron va Eri ko'llarini bir-biri bilan bog'lab turuvchi Detroyt daryosi bo'yida fransuzlar tomonidan asos solingan. Detroyt fransuzcha detrua-bo'g'oz degan so'zdan olingan. Dnepr-Rossiya, Ukraina va Belorus hududidan oqib o'tuvchi daryo. Dastlab Gerodot (e.a. V asr) asarlarida Borisfen (qadimgi yunoncha «shimoliy daryo») shaklida tilga olingan. Qadimgi Rim manbalarida (VI asr) Danapris shaklida qo'llanilgan bo'lib, Qora dengiz bo'yi dashtlarida yashagan qadimgi skif qabilalari tilida chuqur daryo degan ma'noni beradi.Dnestr-daryo. Ukraina va Moldovadan oqadigan daryo. Qisman ikkala davlat chegarasidan o'tib Qora dengizga quyiladi. Qadimgi yunon mualliflarida Tiris, Tiras shaklida tilga olinadi. Bu so'z skiflar tilida «tez, shoshqin» degan ma'noga ega. A.I.Sobolevskiy Dnestr so'zini sarmat tillaridagi danu-«daryo» so'zi bilan aloqador deb hisoblaydi. Dominika-Karib dengizidagi orol va davlat, X.Kolumb tomonidan 1493-yili 3 noyabr, yakshanba kuni kashf etilgan. Shuning uchun ispancha Dominika-«yakshanba» deb atalgan. Don-Rossiyadagi O'rta Rus qirlaridan boshanib Azov dengiziga quyiluvchi daryo. Qadimgi yunon tarixchisi Strabon (e.a. I asr-eramizning I asri) asarlarida Tanais shaklida tilga olingan. Qora dengiz bo'yi dashtlarida yashagan skiflar tilida don-«daryo» ma'nosida ishlatilgan. Don termini to'g'ridan-to'g'ri toponim shakliga o'tgan. Don termini daryo ma'nosida Shimoliy Kavkazning ko'pgina joy nomlari tarkibida ham uchraydi. Dreyk bo'g'ozi-dunyodagi eng keng bo'g'oz, Olovli Yer va Janubiy Shetlandiya orollari oralig'ida. 1578-yili ingliz admirali, qaroqchi Fransis Dreyk nomiga qo'yilgan bo'lib, u Magellan bo'g'ozi orqali suzib o'tib, Tinch okeanga o'tganida kuchli bo'ronga duch kelib, ushbu bo'g'ozning shimoliy qismiga kelib qolgan. Dreyk bo'g'ozi nomi Antarktida materigi kashf etilgandan so'ng-Olovli Yer oroli Janubiy materikning bir qismi emas, balki alohida orollar ekanligi isbotlangandan so'ng paydo bo'lgan. Dublin-shahar, Irlandiya poytaxti. Shaharga dastlab 140 yilda asos solingan. Dublin-«qora moy» degani, shahar Liffi daryosi bo'yida joylashgan bo'lib, daryo suvi torfzorlar ta'sirida qoramtir tusga ega. Shahar boshqacha Bale-Axa-Kliax (bail-«shahar», ath-«kechuv», cliath-«tol»)-«tolli kechuvdagi shahar» deb ham ataladi. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling