Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet17/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Brahmaputra-Xitoy, Hindiston va Bangladesh hududlaridan oqib o'tuvchi daryo. Himolay tog'larining shimoliy yonbag'irlaridan Masang nomi bilan boshlanadi, o'rta oqimida Sangpo (tibetliklar tilida «katta daryo»), Dixang va quyi oqimida Brahmaputra deb nomlanadi. Brahmaputra ommaviylashgan, an'anaviy bo'lib qolgan, ko'pchilik tomonidan qo'llaniladigan umumiy nom bo'lib qolgan. Hindlarning mifologiyasida Brahma-dunyoni yaratagan xudo nomi bo'lib, Brahmaputra-«Brahmaning o'g'li» demakdir.


Brijtaun-shahar, Barbados davlati poytaxti. Shaharga XVII asrda asos solingan. Brijtaun-«ko'priklar shahri» degani (inglizcha bridj-«ko'prik», taun-«shahar»). Shahar ichkarisiga-quruqlikka chuqur kirib borgan ko'rfaz shaharni ikkiga bo'lib turadi, ularni bog'lab turish uchun ikkita katta ko'prik qurilgan.
Britaniya orollari-Yevropadagi orollar, Shimoliy dengiz va Atlantika okeani oralig'ida joylashgan. Qadimgi rimliklar hozirgi Angliya hududini Britaniya deb atashgan. Bu nom kelt qabilalaridan biri-brittlar nomidan olingan. Buyuk Britaniya orollari deb ham ataladai, chunki orollarda Buyuk Britaniya va Irlandiya davlatlari joylashgan.
Bruks-Shimoliy Amerikadagi-Alyaskadagi tog' tizmasi. 1898-1984 yillari Alyaskani o'rgangan geolog Alfred Bruks sharafiga shunday atalgan.
Bryussel-shahar, Belgiya poytaxti. Shahar nomi dastlab VIII asrga oid yozma manbalarda tilga olingan. Bryussel-«botqoqlik yaqinidagi shahar» degan ma'noni beradi.
Burkina-Faso-G'arbiy Afrikadagi davlat, mahalliy xalq tilida «sofdil kishilar mamlakati», «munosiblar mamlakati» degan ma'noni beradi. 1984-yilga qadar Yuqori Volta (Volta-daryo nomi) deb atalar edi.

Buxoro-O'rta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri. 2500 yillik tarixga ega bo'lgan Buxoro turli davrlarda Numijkat, Bumiskat, Madinat us-Sufriya, ya'ni « Mis shahri» deb nomlanib kelgan. Buxoro so'zining etimologiyasi aniq emas, lekin sanskritcha vixara so'zidan olingan bo'lib, «ibodatxona» ma'nosini bildiradi degan fikr bor.


Bo'kantov-Qizilqumdagi past tog'. H.Hasanovning fikricha, bo'kan so'zining «to'siq», «to'g'on», «to'nka», «qal'a», «kursi», «bukir» ma'nolari bor. Tasvirlarga ko'ra, tog' yemirilib, ayni shunday shakl kasb etgan; uning yonbag'irlari tik bo'lib, uzoqdan qaraganda kursi yoki to'nkaga o'xshaydi. Ko'chmanchilar o'tovining yuqori xalqasiga qo'yiladigan tirgovich ham bo'kan deyiladi.
Bo'stonliq-Toshkent viloyatidagi tuman. Bo'y va ston so'zlaridan iborat bo'lib, «xushbo'y yer», «xushhavo joy» ma'nosidadir. Talaffuzda Bo'stonliq bo'lib qolgan.
Damashq- shahar, Suriya poytaxti. Shahar juda qadimdan-e.a. XVI asrdan ma'lum, bu davrda shahar qadimgi Misr kohinlari qo'l ostida bo'lgan. Misrliklar uni Timasku deb atashgan. Arablar Dimshiq deyishadi, etimologiyasi aniq emas.
Darling-Avstraliyaning janubi-sharqidagi daryo, Murrey daryosining o'ng irmog'i hisoblanadi. Charlz Styuart tomonidan 1829-yilda kashf etilgan. Yangi Janubiy Uels provinsiyasi gubernatori Rolf Darling nomiga Darling deb nomlangan.
Darussalom-shahar, Tanzaniya poytaxti. Shaharga 1862-yili asos solingan. Arabchada «tinchlik uyi» degan ma'noni bildiradi. Tanzaniyaliklar og'zaki nutqda oddiygina Dar deb atashadi.
Daugava-daryo, G'arbiy Dvina daryosi. Latviya hududi shunday ataladi. Latish tilida Daugava-«sersuv, ko'p suvli» degan ma'noda. Daugava daryosi bo'yidagi Daugavpils shahrining nomi ham daryo nomi asosida vujudga kelgan. Shaharga XIII asrda asos solingan. Toponimning ikkinchi qismi pils-«shahar» degan ma'noni ifodalaydi.
Dashti Kavir-cho'l, Eronda joylashgan. Kavir so'zi «sho'rxok», «botqoq yer» degan ma'noda. Kavir so'zining arabcha kabir («katta») so'ziga dahli yo'q, deydi H.Hasanov.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling