Tibbiyotda mis antiseptik va biriktiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Bu konyunktivit uchun ko'z tomchilari va kuyishlar uchun eritmalarning tarkibiy qismidir. Mis konlari Mis konlari Ba'zida mis sof shaklda topiladi, birikmalarning massasi 400 tonnaga yetishi mumkin. Mis sulfidlari asosan o'rta haroratli gidrotermal tomirlarda hosil bo'ladi. Mis konlari ko'pincha cho'kindi jinslarda – ko’prok qumtoshlarda va slanetslarda uchraydi. Ushbu turdagi eng mashhur konlar -Baykal o'lkasidagi Udokan, Qozog'istondagi Jezkazg'an, Markaziy Afrikaning mis kamari va Germaniyadagi Mansfeld. Boshqa eng boy mis konlari Chili (Eskondida va Kollausi) va AQShda (Morenki) joylashgan. Jahonda mis ishlab chiqarish 2007 yilda 15,4 mln.t, 2008 yilda esa 15,7 mln. - Jahonda mis ishlab chiqarish 2007 yilda 15,4 mln.t, 2008 yilda esa 15,7 mln.
- Chili (2007 yilda 5,560 mln.t va 2008 yilda 5,600 mln.t),
- AQSH (1170/1310)
- Peru (1190/1220)
- Xitoy (0,946/1,000),
- Avstraliya (0,870/0,850)
- Rossiya (0,740/0,750),
- Indoneziya (0,797/0,650),
- Kanada (0,589/0,590),
- Zambiya (0,520/0,560),
- Qozog'iston (0,407/0,460),
- Polsha (0,452/0,430),
- Meksika (0,347/0,270).
O’ZBEKISTONDAGI MIS KONLARI 1. QALMOQQIR koni. Olmaliq shahridan 2 km janubi-sharqda, Olmaliq va Nakpoy soylari o‘rta oqimida joylashgan. 1926-yilda S.F.Mashkovsev tomonidan olib borilgan geologik xaritalash paytida qadimgi lahimlar asosida topilgan. 1954-yilda qazib olish boshlangan. Misdan tashqari molibden, oltin, kumush, selen, tellur, reniy qazib olinadi. 1996-yilda hisoblangan zaxirasi 100 yilga mo‘ljallangan. Karyerning uzunligi 3750 m, kengligi 2000 m, chuqurligi 660 m. qirg‘og‘ida joylashgan. Qalmoqqir ma’danli maydoni tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |