Геокимё ва минералогия

Download 1.02 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1586352
Bog'liq
магний геокимёси

Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги Геология ва муҳандислик геологияси факультети ”Геокимё ва минералогия” кафедраси ,,Асл ва рангли элементлар геокимёси’’ фани Мавзу : Магний геокимёси. Ўқитувчи: Шаназаров С.И

Magniy (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishqoriy - yer metallarga kiradi. Tartib raqami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808 yilda dastlab ingliz fizigi Magniy Devi amalgama holida olgan. 1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, magniyni metall holida ajratib olgan.

Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezit, karnallit va boshqalar ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilon izi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi azbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. To’ la parchalanganda esa magnezit (MgCO3) ga oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.

Magnezit

Dengiz suvida 0,38%; baʼzi koʻllar suvida 30% magniy xlorid boʻladi. Magniy kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Magniyning zichligi 1740 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 650° C, qaynash temperaturasi 1105°C. Magniy birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda koʻzni qamashtiruvchi oq shuʼla chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman koʻkimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi.

Magniyning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. Magniy koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.

Magniy oʻsimlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Baʼzi suv oʻtlari, foraminiferalar magniy konsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3—4% gacha magniy boʻladi). Magniy oʻsimliklarning yashil pigmenti — xlorofill tarkibiga kiradi.

Barcha oʻsimliklarning hujayrasida va barcha tirik organizmlarning tarkibida magniy borligi aniqlangan. Odam va hayvonlar organizmi magniyni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda magniyga ehtiyoji 0,3—0,5 g. Ovqatda magniy tuzlari yetarlicha boʻlmasa, nerv sistemasining normal qoʻzgʻaluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar yemida magniy yetishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi.

Sanoatda magniy elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar bilan, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo boʻlib dolomit, qaytargich boʻlib ferrosilitsiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda magniy MgO bilan uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi.

Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, sirkoniy), mustahkam choʻyan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi.

Эьтиборингиз учун
раҳмат!
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling