Ishqoriy metallar


Download 282 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi282 Kb.
#210055
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISHQORIY METALLAR


ISHQORIY METALLAR

I guruh elementlariga litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy kiradi. Guruhning umumiy nomi ishqoriy metallar deb ataladi. Chunki, ularning gidroksidlari o’yuvchi ishqorlardir. Fransiy – radiaktiv va kam o’rganilgan element. Uning yarim yemirilish davri 22 minut.


TARIXIY MA’LUMOTLAR

Eng yengil metall litiyni 1817 yil shved kimyogari Iogann Avgust LiAl[Si4O10]-petalit mineralidan olgan. Bertselius bu elementga “litiy” nomini taklif qilgan. U mineraldan topilgan birinchi ishqoriy metall. Uning nomi grekchadan kelib chiqqan va “Litos” – tosh ma’nosini anglatadi.

Natriy birikmalari insonlarga qadim zamonlardan ma’lum. Natriy xlorid tuz-oziq-ovqat maxsulotlarining sifatini oshirishda ancha vaqtlardan beri ishlatilib kelinadi. Qadimgi greklar ichimlik sodasini bilishgan, alximiklarga natriy gidroksid ma’lum bo’lgan. Natriy oddiy modda sifatida 1807 yil Angliyalik olim Gemfri Devi tomonidan ochilgan. Devi qattiq natriy gidroksidni elektroliz qilib metal holidagi natriyni olgan va uning birikmalarini birinchilardan bo’lib o’rgangan. Devi soda deb nomlagan bo’lsada, aslida ham element nomi grekchada “nitron” – soda ma’nosini anglatadi. (o’yuvchi natriy kaustik soda deb ataladi).

Kaliyni Gemfri Devi natriydan bir oz avvalroq qattiq kaliy gidroksidni elektroliz qilib olgan. Element nomi arabchadan olingan bo’lib, “al kali”-ishqor na’nosini anglatadi; Devi uni potash deb nomlagan va u nom Angliyada saqlanib qolgan (inglizchada o’yuvchi kaliy-o’yuvchi potash).

Rubidiy 1861 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert Kirxgof tomonidan ochilgan. Element lipedolit mineralini spectral analiz qilish orqali aniqlangan. Bu mineral spektrida to’q qizil rang hosil bo’lganligi rubidiy borligidan dalolat beradi. Birinchi marta Robert Vilgelm Bunzen metallsimon rubidiyni olishga erishgan. Uning nomlanishi lotincha “Rubidus” ya’ni to’q qizil degan ma’noni anglatadi.

Seziyni 1860 yil nemis olimlari Robert Vilgelm Bunzen va Gustav Robert Kirxgoflar spektrlarda ikkita yorqin ko’k chiziq hosil bo’lganligidan aniqlashgan. Uning nomi lotinchadan olingan bo’lib, “sezius” - havorang-ko’k.



D.I.Mendeleyev tomonidan № 87 elementning kashf etilishi oldindan aytib o’tilgan. Radioaktiv element xisoblangan Fransiyni 1939 yil fransuz olimi Margarita Per ochgan. Uning nomi Fransiya davlati hurmatiga qo’yilgan.

Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling