Ishqoriy metallar


ISHQORIY METALLARNING OKSIDLARI


Download 282 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi282 Kb.
#210055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ISHQORIY METALLAR

ISHQORIY METALLARNING OKSIDLARI

Fizik xossalari

Ishqoriy metallar oksidlarining umumiy formulasi – M2O.

Litiy va natriy oksidlari oq, kaliy va rubidiy oksidlari sariq, seziy oksidi to’q sariq (sabzirang). Ularning barchasi kristall moddalar va ionli kristall panjaraga ega.

Ishqoriy metallar oksidlarining ayrim fizik xossalari quyidafi jadvalda keltirilgan.



Xossalar

Li2О

Na2O

K2O

Rb2O

Cs2O

Zichlik, кг/м3

2010

2270

1320

3720

4360

Suyuqlanish harorati,°С

1570

1132

(havosiz joyda)



разл.

разл.

разл.

Qaynash harorati,°С

2600

-

-

-

-

Kimyoviy xossalari

  1. Suvda yahshi eriydi va u bilan reaksiyaga kirishadi:

M2O + H2O = 2MOH.

  1. Kislorod, vodorod, oltingugurt va xlor bilan reaksiyaga kirishadi:

2Na2O + O2 = 2Na2O2;

Na2O + H2 = NaH + NaOH;

4Na2O + 4S = 3Na2S + Na2SO4;

2Na2O + Cl2 = 2NaCl + Na2O2.



  1. Oksidlarning nomoyon qiladigan asosiy xossalaridan biri, kislotali oksidlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishishidir:

Li2O + SO3 = Li2SO4;

Li2O + 2HCl = 2LiCl + H2.



Olinishi

Faqat litiy oksid o’z elementidan to’g’ridan-to’g’ri olinadi. Boshqa ishqoriy metallarning oksidlari ularning gidroksidlari suyuqlanmalariga metalini ta’sir ettirib olinadi:

2NaOH + 2Na = 2Na2O + H2;

Peroksidlarini termik parchalab olinadi:

2Na2O2 = 2Na2O + O2;

Metalini uning peroksidiga ta’sir ettirib olinadi:

2K + K2O2 = 2K2O;

Metalini uning nitritiga ta’sir ettirib olinadi:

6K + 2KNO2 = 4K2O + N2.

2.8. Гидроксиды щелочных металлов

Физические свойства

Ishqoriy metallar gidroksidlarining umumiy formulasi – MOН.

Barcha ishqoriy metallarning gidroksidlari rangsiz, gigroskopik modda. Havoda oson namlanadi, suv va etanolda yahshi eriydi, eruvchanlik LiOH dan CsOH ga tomon ortadi.

Ishqoriy metallar gidroksidlarining ayrim fizik xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.



Xossalar

LiОH

NaOH

KOH

RbOH

CsOH

Zichligi, кг/м3

1430

2130

2040

3200

3670

Suyuqlanish harorati,°С

462

320

410

301

272

Qaynash temperaturasi,°С

≈ 925

1378

1320

-

-

Suvda eruvchanligi, 15°С

12

42

107

180

386

Kimyoviy xossalari

Ishqoriy metallarning gidroksidlari parchalanmay suyuqlanadi, litiy gidroksid 600°С temperaturagacha qizdirilganda parchalanadi:

2LiOH = Li2O + H2O.

Barcha gidroksidlar kuchli asos xossa nomoyon qiladi. Amalda suvda to’liq dissosilanadi:

NaOH = Na+ + OH-.

Metalmaslarning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi:

KOH + CO2 = KHCO3;

2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O;

2KOH + 2NO2 = KNO3 + KNO2 + H2O.

Kislotalar bilan ta’sirlashadi, neytrallanish reaksiyasida qatnashadi:

NaOH + HCl = NaCl + H2O;

KOH + HNO3 = KNO3 + H2O.

Tuzlar bilan almashinish reaksiyasida qatnashadi:

2NaOH + CuCl2 = Cu(OH)2 + 2NaCl.

Galogenlar bilan reaksiyaga kirishadi:

2KOH + Cl2 = KClO + KCl + H2O (sovuq sharoitda);

6KOH + 3Cl2 = KClO3 + 5KCl + 3Н2О (qizdirilganda).

Suyultirilgan holda amfoter metallar va ularning oksidlari bilan ta’sirlashadi:

2KOH + Zn = K2ZnO2 + H2;

2KOH + ZnO = K2ZnO2 + H2O.

Gidroksidlar suvda eritilganda amfoter metallar, ularning oksidlari va gidroksidlari bilan ta’sirlashib gidroksokomplekslar hosil qiladi:

2NaOH + Be + 2H2O = Na2[Be(OH)4] + H2;

2NaOH + BeO + H2O = Na2[Be(OH)4];

2NaOH + Be(OH)2 = Na2[Be(OH)4].

Gidroksidlarning suvdagi eritmalari va suyuqlanmalari bor, kremniy va ularning oksidlari va kislotalari bilan reaksiyaga kirishadi:

4NaOH + 4B + 3O2 = 4NaBO2 + 2H2O (suyuqlanmasi);

2NaOH + Si + H2O = Na2SiO3 + 2H2 (eritmasi).

Olinishi

Litiy, natriy va kaliy gidroksidlari xloridlarining konsentrlangan eritmalarini elektroliz qilib olinadi. Bunda katodda vodorod, anodda xlor ajraladi:

2NaCl + 2H2O H2 + 2NaOH + Cl2.

Rubidiy va seziy gidroksidlari ularning tuzlaridan almashinish reaksiyasi yordamida olinadi:

Rb2SO4 + Ba(OH)2 = 2RbOH + BaSO4.

ISHQORIY METALLARNI ANIQLASH

Ishqoroy metallar va ularning birikmalarini o’ziga xos alanga rangidan aniqlash mumkin: litiy – qizil rang; natriy –sariq rang; kaliy – siyohrang; rubidiy va seziy – pushti-siyohrangli alangalanadi.





Kaliyli o’g’itlar

K’pincha kaliyli tabiiy tuzlar maydalanib o’g’it sifatida ishlatiladi. Ulardan silvinit NaCl · KCl va kainit KCl · MgSO4 · 3H2O suvda yahshi erigani va tarkibida o’g’it miqdori ko’p bo’lganligi uchun to’g’ridan-to’g’ri ham foydalaniladi. Lekin ayrim hollarda ularni qayta ishlab kaliyning xloridlari va sulfatlari olinadi. Bundan tashqari, tarkibida potash (kaliy karbonat) bo’lgan torf va mahalliy o’g’itlarning zollari ham qishloq xo’jaligida kaliyli o’g’it sifatida ishlatiladi.


ISHQORIY METALLAR VA ULARNI BIRIKMALARINING QO’LLANILISHI


Alyuminiyli-litiyli qotishma aviatsiya va kosmik kemalarda ishlatiladi.

Litiy – litiyli akkumulyatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi va bunday akkumulyatorlar kardiostimulyator sifatida ishlatiladi.

Natriy va kaliy atom reaktorlari va aviatsiya dvigatellarida issiqlikni tutuvchi sifatida ishlatiladi.

Natriy bug’i lyuminatsiyalangan yoritgichlarda foydalaniladi.

Natriy kauchuk ishlab chiqarishda katalizator sifatida ishlatiladi.

Natriy – kaliy, titan, tsirkoniy va tantal ishlab chiqarishda va benzin yoqilg’ilari detonatsiyasini pasaytiruvchi tetraetilqo’rg’oshinga qo’shimcha sifatida ishlatiladi.

Natriy va kaliy peroksidlar suv osti kemalari va kosmik kemalarda kislorodni qayta tiklash uchun foydalaniladi.

Kaliy gidroksid suyuq sovun va oyna ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Natriy gidroksid qog’oz, sun’iy matolar, sovun ishlab chiqarishda, neft qurilmalarini tozalashda, sun’iy tolalar va ishqoriy akkumulyatorlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Natriy xlorid – oziq-ovqat maxsulotlari va natriy xamda uning birikmalarini olish uchun hom ashyo, tibbiyotda fiziologik eritmalar tayyorlashda qo’llaniladi.

Natriy karbonat qog’oz, sovun va oyna ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi) tibbiyotda, qandolatchilikda, mineral suv ishlab chiqarishda qo’llaniladi. O’t o’chirish jihozlarida foydalaniladi.

Kaliy karbonat (potash) suyuq sovun va oyna ishlab chiqarishda kerak bo’ladi.

Kaliy nitrat – kompleks mineral o’g’itlar, qora poroh va mushaklar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Seziy fotoelement sifatida qo’llaniladi.
Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling