Geologik hodisalar, ulardan muhofazalanish chora
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
11M-маъруза (1)
YER KO‘CHISHLARI, TOG‘ O‘PIRILISHLARI VA BOSHQA XAVFLI GEOLOGIK HODISALAR, ULARDAN MUHOFAZALANISH CHORA- TADBIRLARI 4-§. Ko‘chki, uning sabablari va talofatlari, oldini olish chora-tadbirlari Ko‘chki – bu behosdan qo‘zg‘aluvchi, namligi yuqori bo‘lgan katta hajmdagi tuproq yoki tog‘ jinsi bo‘lib, o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘, qir va adir yonbag‘irliklaridan pastga qarab harakatlanadi. Ko‘chki sodir bo‘lishida yonbag‘rliklarda joylashgan tuproqlar ostida yotgan suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslarining yotish qiyaligi muhim ro‘l o‘ynaydi. Suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslarining yotish qiyaligi relyefga mos bo‘lsa, uning ustida yotgan massaning ko‘chki hosil qilishi shuncha yuqori bo‘ladi. Ko‘chki sodir bo‘lishi uchun ko‘chki xavfi bor joylarda yoqqan yog‘ingarchilik natijasida yonbag‘irlikdagi tuproq massasi namlikka to‘yinib, oquvchan holatga o‘tadi va tuproq tagida yotgan suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslari yuzasi bo‘ylab pastlikka shitob bilan harakat qiladi. Ko‘chki hajmi bir necha o‘n ming m 3 dan bir necha yuz ming m 3 va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi surilmalar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanib, barcha tirik mavjudodlarni halok qiladi, ekinlarni payhon qiladi, aholi punktlari, fuqaro va sanoat muassasalari va avtomobil yo‘llarini ishdan chiqaradi. Shuning uchun ko‘chkilar ham huddi zilzila kabi tabiatning xavfli ofatlaridan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida hozirgi kunga qadar juda ko‘plab yer surilishlari - ko‘chkilar kuzatilgan. 3.12-rasm. Ko‘chki hosil bo‘lish sxemasi. Chaulisoy ko‘chkisi - 1960 yil 30 aprel, 30 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 200 ming m 3 , Xojikent ko‘chkisi -1961 yil, 12 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 1000 m 3 , Jigariston ko‘chkisi -1991 yil 4 may, 56 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 176 ming m 3 , Oqtosh ko‘chkisi -1993 yil 11 mart, 5 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 80 ming m 3 , Qoraqishloq ko‘chkisi - 1994 yil 29 mart, 3 kishi halok bo‘lgan, umumiy massa 400 ming m 3 ni tashkil qilgan. Jumladan, 1911 yil 11 fevral kuni Pomirning Muzko‘l tog‘ tizmasida 9 ballik zilzila bo‘lib, uning natijasida Ugoy ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Ko‘chki o‘zi bilan 2,5 km 3 tog‘ jinsini 2,5 km masofaga surib borib, Murg‘ob daryosini to‘sib qo‘ygan. Talofat natijasida Ugoy qishlog‘i ko‘chki ostida qolib, 54 kishi halok bo‘lgan. Hozirgi kunda bu yerda chuqurligi 703-788 m, eni 4,3-5,3 km bo‘lgan tabiiy to‘g‘on oldida dunyoga mashhur Sorez ko‘li paydo bo‘lgan. 1973 yili Respublikamizning Ohangaron vodiysida sodir bo‘lgan tog‘ jinslarining surilishi XX-asrning eng kuchli yer surilishi hisoblanadi. U yerda surilgan tuproq hajmi 700 mln. m 3 ni tashkil qilgan. Bu fojianing yuz berishiga asosiy sabab, 100-130 metr chuqurlikda yotgan ko‘mir qatlamlarini yer qa’rida yondirilishidir. 1987 yil 7 dekabrda Tojikistonning Sharora qishlog‘ida ro‘y bergan yer surilishi natijasida, kengligi 900 metr, qalinligi 70 metrga yaqin bo‘lgan tog‘ jinsi bo‘lagi harakatga kelib, 450 dan ortiq odamni bosib qolgan. Bu surilmaning sodir bo‘lishiga yer qa’rida tarqalgan g‘ovak tog‘ jinslarining suvga to‘yinishi, yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi, hamda 7 ballik yer qimirlashi sabab bo‘lgan. 1991 yil Ohangaron vodiysida yana bir kuchli «Jigariston» yer surilishi sodir bo‘lgan. Bu yerda hajmi 30 mln. m 3 bo‘lgan g‘ovak tuproqlarning 7 soniya davomida surilib pastga tushishi natijasida bu yerda yashovchi 50 dan ortiq odam ko‘chki tagida qolib qurbon bo‘lgan. Surilmaning sodir bo‘lishiga sabab, qishloq joylashgan hududning yonbag‘irlik pastida joylashganligi, yonbag‘irlikda joy olgan tog‘ jinslari katta qalinlikdagi serg‘ovak tog‘ jinslaridan tashkil topganligi, bu tog‘ jinslari ustida uzoq yillar davomida portlatish ishlari olib borilganligi hamda o‘sha yili yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lganligi deb izohlanadi. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Ko‘chki sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashaydigan aholi ko‘chkining belgilari, tavsifi va xavfi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi va bunday vaziyat yuzaga kelgan taqdirda qanday harakat qilish lozimligini bilishi kerak. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling