Geologik hodisalar, ulardan muhofazalanish chora


Ko‘chki xavfining belgilari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1800918
1   2   3
Bog'liq
11M-маъруза (1)

Ko‘chki xavfining belgilari quyidagilardan iborat: 
- tog‘ va adirlar yuza qismi va relyefining o‘zgarishi, chashma suvlarining 
birdan yo‘qolishi yoki o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartirishi; 
- har xil shakldagi tuproq va tosh uyumlari va yer yuzasida yoriqlar paydo 
bo‘lishi, yo‘llarda uzilishlarning yuzaga kelishi va daraxtlarning qiyshiq o‘sishi; 
- ko‘chki xavfi bor joylarda yoki qirliklarning pastki qismida tuproqlarning 
surilib do‘ngliklar hosil qilishi; 
- ko‘chki sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan hudud atrofida joylashgan binolar va 
shahsiy uylar devorlarida yoriqlarning paydo bo‘lishi. 


3.13-rasm. Ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda ko‘chkiga xos belgilar. 
Odatda bu belgilar bahor va kuz oylarida yoqqan yomg‘irlar va qorlarning 
erishi natijasida paydo bo‘ladi. 
Qir va adirlarning tuproq qatlamini yahshi o‘rganmay turib yerlarni 
o‘zlashtirish va sug‘orish tartib-qoidalariga rioya etmaslik hollari ham 
tuproqlardagi namlikni oshib ketishiga va ko‘chkini rivojlanishiga olib keladi. 
Ayniqsa, ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda foydali qazilmalarni qazib 
olish, temir va avto yo‘llar qurish, suv va gaz quvurlari yotqizish, o‘rmonzor va 
butazorlarni kesib yuborish kabi texnogen o‘zgarishlar ham ko‘chki sodir bo‘lish 
jarayonini tezlashtirib yuboradi. 
 
Ko‘chki sodir bo‘lganda aholining harakati 
Avvalambor, ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda yashaydigan 
odamlar o‘z uylarini ko‘chki ostida qolish xavfi bor yoki yo‘qligini oldindan 
bilishi shart. Odatda ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan yerlarga yashash yoki boshqa 
maqsadlarda imoratlar qurish mumkin emas. Agar aholi yashaydigan hududda 
ko‘chki xavfi mavjud bo‘lsa, bu haqda aholi mahalliy organlar tomonidan 
ogohlantiriladi va oldindan tuzilgan rejaga ko‘ra xavfsiz joylarga ko‘chiriladi. 


3.14-rasm. Ko‘chki sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududdan aholini ko‘chirish 
sxemasi. 
Ko‘chki sodir bo‘lgandan so‘ng bu yerdagi elektr, suv va gaz ta’minoti 
tizimlarini tekshirib, ularning sozligiga ishonch hosil qilish zarur. 
Hozirga kunga kelib Respublikamizning barcha tog‘li va tog‘ oldi 
viloyatlarida ko‘chkini kuzatuv davlat xizmatlari tashkil etilgan va ular xavfli 
geologik jarayonlar, shu jumladan, ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarni 
tekshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar. Davlat kuzatuv xizmati 
xodimlari hududdagi barcha xavfli jarayonlarni aniqlaydilar, ularni bartaraf etish 
chora-tadbirlarini belgilaydilar. Agar shunday xavf mavjud bo‘lsa, bu haqida 
mahalliy hokimiyat organlariga ogohlantirish xatlari orqali chiqib, aholini 
ogohlantirish bo‘yicha tadbirlar belgilashga yordam beradilar. 
Ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarning 
majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
- ko‘chki sodir bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida mahalliy xokimiyat 
tomonidan qo‘yilgan javobgar shaxslarning ko‘rsatmalarini, ogohlantirish 
tartiblarini qat’iy bajarish; 
- ko‘chki sodir bo‘lganda uni bartaraf etishda faol qatnashish; 
- ko‘chki sodir bo‘lish mumkinligidan xabar topganda bu haqida darhol 
fuqarolar yig‘iniga xabar yetkazish; 


- ko‘chki sodir bo‘lgan joylardagi aholini tezda xavfsiz hududlarga 
ko‘chirishda ishtirok etish
- xavfli hududlarga belgilar qo‘yish va boshqa ishlarda kuzatuv xizmati 
xodimlariga yordamlashish. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling