Geologik hodisalar, ulardan muhofazalanish chora
Ko‘chkini oldini olishning bilvosita va bevosita usullari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
11M-маъруза (1)
Ko‘chkini oldini olishning bilvosita va bevosita usullari mavjud:
Ko‘chkini oldini olishning bilvosita usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: -qiya sathlarda qurilish va u bilan bog‘liq bo‘lgan qazish ishlarini olib bormaslik; -yonbag‘irliklar ostida yemirilgan tog‘ jinslarini to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik; -ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan joylarga yaqin joylashgan yo‘llarda temir yo‘l poyezdlari va avtotransportlar harakatini belgilangan tezlikdan oshirmaslik; -yonbag‘irliklarda serildiz daraxtlar turini ko‘paytirish; -yonbag‘irliklarda sug‘orish va shudgorlash ishlarini olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ko‘chki harakati va ta’sirini bartaraf etishning bevosita usullari quyidagilardan iborat: -ko‘chki harakati tezligining sekinlashtirish yoki to‘xtatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish; -suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish; -daryo va suv havzalari qirg‘oqlarining yuvilib ketishini oldini oluvchi tusiqlar qurish; -yer osti suvlari sathini pasaytirish; -tog‘ jinslarini surilib ketishidan saqlovchi tirgak devorlar qurish; -ko‘chib tushishi mumkin bo‘lgan tog‘ jinslarining fizik-mexanik hususiyatlarini sun’iy usulda yaxshilash. Ularning namligini oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Ko‘chkilarning shunchalik halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda O‘zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muhandis-geologik Davlat kuzatuv xizmati tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati vatanimiz hududi bo‘yicha 7 ta hududiy kuzatuv stansiyasiga va 21 ta postlarga ega. Ularning kuzatuv maydonlarida 8 mingdan ortiq xo‘jalik obyekti, 144 ta sog‘lomlashtirish majmuasi, 170 ta avtoyo‘l maydoni, 20 dan ortik tog‘-kon sanoati va gidrotexnika inshootlari mavjud. Davlat kuzatuv xizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan tunu-kun xizmat vazifasini ado etmoqda. Ko‘chkilarni o‘rganishdagi birinchi muammo ularning ro‘y berish vaqtining mavhumligidadir. Chunki ko‘chki bexosdan rivojlanadigan xavfli geologik jarayonlar sirasiga kiradi. Ko‘chki balosidan saqlanishning eng ishonchli usuli, bu aholini o‘z vaqtida ogoh etish va xavfsiz joylarga ko‘chirishdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling