Geologiya fanlar universiteti neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti
Download 28.35 Kb.
|
Hisobot byJamol Bro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydani taqsimlash. Korxonaning zahira fondi
- Korxonaning huquq va majburiyatlari
Korxonaning Ustav fondi
Korxonaning Ustav fondi uning ixtiyoriga Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan mulk hisobiga shakllantiriladi. Korxonaning Ustav fondi 139 112 075 548,40 (bir yuz o‘ttiz to‘qqiz milliard bir yuz o‘n ikki million yetmish besh ming besh yuz qirq sakkiz) so‘m qirq tiyinni tashkil etadi. Korxonaning Ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish Davlat geologiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Korxona Ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bu to‘g‘rida tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasini xabardor qilishi shart. Foydani taqsimlash. Korxonaning zahira fondi O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgarmalariga barcha soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, davlat korxonasining sof foydasidan Davlat budjetiga va Davlat geologiya qo‘mitasiga ajratmalardan keyin davlat korxonasida qoladigan sof foyda korxona ixtiyorida qoladi va undan Davlat geologiya qo‘mitasining qaroriga binoan foydalaniladi. Korxona o‘z ixtiyorida qoladigan sof foyda hisobiga Ustavda nazarda tutilgan tartibda va Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan mikdorlarda zaxira fondi va boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin. Zaxira fondining mablaglari faqat kutilmagan yo‘qotishlar va moliyaviy zararlarni qoplash uchun ishlatiladi. Korxonaning huquq va majburiyatlari Davlat geologiya qo‘mitasining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslar qatnashishi mumkin bo‘lgan tijorat va notijorat tashkilotlarning qatnashchisi (a’zosi) bo‘lish; belgilangan tartibda o‘zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, ushbu Ustavga, shuningdek korxonaning faoliyati, maqsadi va vazifalariga zid bo‘lmagan barcha turdagi shartnomalar tuzish; umumyy ovqatlanish (oshxonalar, bufetlar, savdo) shaxobchalari tashkil etish; korxonaning moddiy-texnik ta’minot ishlarini amalga oshirish; Davlat geologiya qo‘mitasining roziligi bilan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish; o‘z tarkibiy bo‘linmalari uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlarni bajarish; belgilangan tartibda foydali qazilmalarni geologik jihatdan o‘rganish, topografik-geodezik, marksheyderli va xarita chizish ishlarini bajarish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida faoliyatni amalga oshirish; yuridik va jismoniy shaxslarga transport xizmatlarini ko‘rsatish; kapital ta’mirlash va kapital qurilishni, shu jumladan xo‘jalik hisobi usulda amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va rekonstruksiya kilish, turar-joylar va ijtimoiy-maishiy maqsaddagi obyektlarni qurish, xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish; O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish. Korxona quyidagilarni amalga oshirishga majburdir: har yili belgilangan tartibda biznes-rejasini Davlat geologiya ko‘mitasiga tasdiqlash uchun taqdim yetish, ish hajmlari va ularni bajarishga ajratilgan limitlar o‘zgarganda tuzatishlar kiritish; belgilangan muddatlarda statistika, tezkor, buxgalteriya hisobotlarini va Davlat geologiya qo‘mitasining talabiga binoan boshqa ma’lumotlarni o‘z vaqtida takdim etish; geologiya-qidiruv buyurtmachisiga yuqorida ko‘rsatilgan hisobotlarni va shartnomalarda nazarda tutilgan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni yigish uchun taqdim etish; geologiya-kidiruv ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan mashinalar, uskunalar, jihozlar va asosiy texnologik materiallarni sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish; davlat mablaglaridan maqsadli foydalanilishni tashkil etish. Korxona ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Davlat geologiya ko‘mitasining qarori bilan kiritiladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak, bu haqtsa tegishli ravishda O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yoki uning hududiy boshqarmasiga xabar beradi. Download 28.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling