II-BOB. QURILISH VA TAYYORLOV JARAYONLARINI BAJARISHDA ISHLAB CHIQARISH SHOVQINI VA TEBRANISH 2.1.Shovqin va tebranish intensivligi ko’rsatkichlari.
Shovqin va tebranish intensivligining ko‘rsatkichIari. Korxona va qurilishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotganda shovqin va tebranish paydo bo'ladi. Ishlayotgan maydalagichlar, tegirmonlar, kompressor hamda ventilyatsiya qurilmalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshqa jihozlar shovqin va tebranishning asosiy manbalaridir. Shovqin va tebranish elastik muhit zarralarining to'lqinsimon tarqaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga bog'liq. 16 Gsdan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish-tebranish kabi ta’sir qiladi. 16-20000 Gs chastotali tebranishlar shovqin hosil qiladi. Har xil shovqin manbalari hosil qiladigan tovush bosimining tahminiy darajalari quyidagiga teng (dB):
pnevmatik asbob ishlaganda (1 m masofada)
|
110-120
|
kompressor stantsiyasi ishlaganda
|
110
|
metall qirqish stanoklari ishlaganda (ish o'rnida)
|
93-114
|
bolg'a po'lat plitaga urilganda
|
114
|
1 m masofada o'rtacha ovoz bilan gapirilganda
|
60
|
reaktiv dvigatel ishlaganda
|
140 dan yuqori
|
qurilish-montaj pistoleti otilganda
|
120
|
og'riqni sezish bo'sag'asi
|
130-140
|
Shovqin kuchining kattaligi insonning shovqinni his etishini xarakterlay olmaydi, chunki shovqinning fiziologik his etilishi faqat uning intensivligiga emas. balki chastotasiga ham bog'liq. Shu sababli shovqinning balandligi tushunchasi kiritilgan. Turli manbalardan chiqadigan shovqinning balandlik darajasini (o’lchov birligi - fon) miqdoriy baholashda 1000 Gs chastotada shovqin bilan solishtirish usuli qo'llaniladi. Buning uchun shovqin kuchining darajasi shartli ravishda balandlik darajasiga teng qilib olingan. Shovqin kuchining darajasi ortganda shovqinning balandlik darajasi pasayadi. Shovqin kuchining darajasi 80 dB dan yuqori bo'lganda uning balandligi chastotasiga deyarli bog'liq bo'lmaydi. Shovqin parametrlariga o'xshash bo'lgan tebranish parametrlari quyidagi munosabatdan (nisbatdan) aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |