Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya” fakulteti “hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati


Download 66.11 Kb.
bet2/10
Sana01.03.2023
Hajmi66.11 Kb.
#1238726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MMTX Behzod Jumanazarov (kurs loyihasi).

Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini yaratib berishga qaratilgandir. Albatta, munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-texnik taraqqiyot asosida amalga oshiriladi va bu inson mehnatini yеngillashtirish bilan bir qatorda, turli xil xavfli faktorlarni vujudga keltiradiki, natijada har xil ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalar: jarohatlanishlar, shikastlanishlar va kasb kasalliklari vujudga keladi. Lekin, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson yaxshi yashashni, уa’ni o‘zining moddiy-ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishni istaydi. Aynan shu sababli inson tinimsiz faoliyatda bo‘ladi. Ishlab chiqarishda mehnatni tartibsiz, amaldagi qonun qoidalar, standartlar va ko‘rsatmalarga amal qilmasdan amalga oshirilishi, nafaqat jarohatlanish yoki shikastlanishni keltirib chiqarishi, balki ayrim hollarda o‘limga ham olib kelishi mumkin. Tabiiyki, bu insonni o‘zining mehnat faoliyatidagi tabiiy, texnik, antropogen, ekologik va boshqa turdagi barcha xavfli faktorlardan himoyalashni ilmiy asosda tashkil qilishni talab etadi.
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’ligini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur. Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida mehnat qilish yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga erishiladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarida qulay va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish oliy maqsad va o’rinda qo’yildi. Ishchilarga ta’sir o’tkazadigan omillardan biri bu ishlab chiqarish korxonalaridagi tebranish va shovqin misolida ko’rib chiqamiz. Tashqaridan qaraganda arzimasdek ko’ringan bu ta’sirlar inson sog’lig’iga, uning qulay mehnat sharoitda ishlashiga qay darajada ta’sirini ko’rish mumkin.
Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida eshitish a’zosi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi.
Shovqin, har xil chastota va tezlikka ega bo’lgan tovushlar yig’indisi bo’lib inson organizmiga noxush ta’sir etadi. Shovqin manbalariga kompressorlar, havo almashtirgichlar, maydalovchi va saralovchi qurilmalar, quvurlarda yuqori bosimda o’tayotgan suyuqlik va gaz aralashmalarining yuqori tezlikdagi harakati kiradi. Shunday ekan shovqin, tebranish kabi arzimasdek ko’ringan dolzarb muammoni kamaytirish, bartaraf etish har bir sanoat korxonalarida tortib har qanday faoliyatda ham eng ahamiyatliliginini yo’qotgan emas. Har bir dunyo mamlakatida bu xavfli omillar ta’siri kategoriyalarga ajratilib, bartaraf qilish choralari ishlab chiqilgan. Qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Chunki davomli shovqin ta’sirida insonning eshitish qobiliyati pasayib borib, xattoki kar bo’lib qolishi mumkin. Shovqin avvalo inson markaziy asab sistemasiga ta’sir etib, uning ko’rish, fikrlash qobiliyatini pasaytiradi va charchashini tezlashtirib, jarohatlanishga olib keladi.
Ushbu kurs loyihasidan maqsad ishlab chiqarishdagi mashina va mexanizmlarda yuzaga keladigan shovqin turlari, ularning inson organizmiga salbiy ta’siri, shovqin ta’siridan himoyalanish yo’llari bilan tanishish, shovqin darajasini aniqlash va ish joyini baholash bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Kurs loyihasi asosan 3 bobdan iborat bo’lib 1-bobda shovqin va titrash haqida umumiy ma’lumotlar, ishlab chiqarishda shovqin va titrashning yuzaga kelish sabablari va manbalari va muhofaza qilish chora tadbirlari keltirib o'tilgan.

Download 66.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling