Keys topshiriq: Sizningcha, okrug taʼlim mudiri o‘z maktubida qanday dolzarb muammoni ko‘targan? (javob asoslanishi lozim). Mazkur muammoni mamlakatimizdagi taʼlim jarayoniga daxli bormi?


Download 9.98 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi9.98 Kb.
#1099000
Bog'liq
O39A92q4fIPEh6jVLqdSBbeHwqp5OmE5


Keys topshiriq:
1. Sizningcha, okrug taʼlim mudiri o‘z maktubida qanday dolzarb muammoni ko‘targan? (javob asoslanishi lozim).
2. Mazkur muammoni mamlakatimizdagi taʼlim jarayoniga daxli bormi? (javob asoslanishi lozim).
3. Maktubda ko‘tarilgan muammoni yuzaga kelmasligi uchun maktab boshqaruvida qanday tajribalarni qo‘llagansiz yoki qanday takliflar berasiz?(aniq tajriba va takliflar bayon etiladi).
Javoblarim:
1. Fikrimcha okrug ta'lim mudiri maktab direktorlariga bolalarga taʼlim va tarbiyani hamohang tarzda olib bormasa qanaqa oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yozgan. Taʼlimni tarbiyadan tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʻlmaydi deb bejiz aytilmagan. Ularni bir biriga hamohang tarzda olib bormasa jamiyat uchun va balki butun dunyo uchun ham falokatli boʻlishi mumkin. Tarbiya taʼlimni oʻz ichiga oladi va aksincha boʻlishi mumkin emas. Demak tarbiya taʼlimga nisbatan keng va qamrovli tushuncha. Shuni taʼkidlashim mumkinki taʼlim tarbiyaning asosiy poydevori bu-maktabdir. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilar. Oʻqituvchilarni boshqaradigan shaxs bu-direktor. Bekorga okrug taʼlim mudiri ham maktubini direktorlarga yubormaganini ham mana shu jihatdan koʻrsak boʻladi. Taʼlim bolalarning aqlni rivojlantirishi va sayqallashi mumkin, natijada u oʻz hayotida kerak boʻladigan ilmu maʼrifatni yoki kasb-hunariga tegishli boʻlgan fanlarni oʻrganishi mumkin. Lekin tarbiyaga oʻxshab keng qamrovli boʻlaolmaydi. Chunki taʼlim insonni ruhiy va jismoniy taraflarini birdek qamrab olmaydi. Shuning uchun ham taʼlim va tarbiya doimo birga berilmogʻi lozim. Agar ta'limni tarbiyadan ajratib qo‘ysak, ta'lim cho‘loq bo‘ladi yaʼni u holda ta'lim goʻyoki maʼlumotlar saqlanadigan quticha, idish va yana qandaydir narsaga oʻxshab qoladi. Natijada esa bu ma'lumotlar jamiyat uchun kerak bo‘ladigan komil insonni shaxsiyatini yetishtira olmaydi. Mana shuning uchun barcha ta'lim muassasalarida ma'lum bir yo‘nalish bo‘yicha ta'lim berish bilan birga tarbiyani ham berib ketish kerak, aks holda qanotsiz qush kabi parvoz qila olmaydi. Qush esa pavoziga qarab turib baholanadi.
2. Mamlakatimizda ham bu muammoning albatta taʼlim jarayoniga bevosita daxli bor. Hozirgi taʼlim tizimizda " Tarbiya" soʻzidan biroz chekinish holatlari kuzatilayotgandek. Hatto taʼlim haqidagi qonunimizda ham "Talim toʻgrisida" deb atalgan. Bolalar bog'chalatimizni ham "Maktabgacha taʼlim tashkiloti" deyishga oʻtdik (aslida "Maktabgacha taʼlim muassasasi"). Masalaga chuqurroq qarasak bolalar uchun ilk yoshdanoq taʼlim bilan birga tarbiyaning oʻrni katta. Taʼlim muassasalarimiz ham amaliy hayotimizdan ajralib qolayotgandek goʻyo, yaʼni yosh avlod tarbiyasiga faqat nazariy (taʼlimiy) tomondan yondashuv boʻlib , axloqiy faoliyat eʼtibordan chetda qolayotganini koʻrishimiz mumkin. Taʼlim olish aqliy tarbiyani rivojlantirishi, mustaqil oʻqish va fikrlashni rivojlantirishi mumkin biroq taʼlim zamiridagi tarbiya nazariy bilimligicha qolib ketmoqda nazarimda, albatta bu mening shaxsiy fikrlarim. Shu masalalarni inobatga olgan holda mamlakatimiz taʼlimida bolalarga taʼlim va tarbiyani birga berib, bolalarni qabul qilingan qarorlariga mustaqillik (toʻgʻri qaror qilaolishni), harakat va ishlarida maqsadlariga muvofiqligini, ularni oʻz oʻzini tarbiyalash qobiliyatlarini rivojlantirib bu jarayonni tashkil etsak bu daxldorlikni balki biroz kamaytirgan boʻlamiz.
3. Maktab boshqaruv tizimida ham taʼlim tizimimizdagidek uzluksizlik talablaridan kelib chiqqan holda shakllantirishiniz lozim. Taʼlim berish yuksak darajada rivojlangan yapon va koreys maktablarini misol qilib oladigan boʻlsak, maktab bitiruvchilari oʻz xalqining bir qarashda oddiy milliy qadriyatlari asosida tarbiya topganini koʻramiz. Misol uchun yaqinda oʻz nihoyasiga yetgan futbol boʻyicha jahon chempionatida ham bu tarbiyani butun dunyo guvohi boʻlishdi (Yaponiyalik muxlislar oʻz jamoasi magʻlubiyatga uchrasa ham yoki gʻalaba qozonsa ham oʻyin tugagandan soʻng stadionni tark etmasdan oʻzlari oʻtirgan tribunalarni tozalab ketishdi). Maktab boshqaruv tizimimizda taʼlim sohasida dunyo mamlakatlarining ilm-fan yutuqlarining eng yaxshi tomonlarini oʻrganib oʻzimizda qoʻllash ham taʼlim tizimizni yanada yaxshi boʻlishiga olib keladi. Lekin bunda milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizdan chekinmay aksincha bular bilan birga bolalarga taʼlim tarbiya berishimiz kerak. Shuningdek yana shuni ham aytishim mumkinki taʼlim muassasalarimizda oʻqituvchilar oʻz faoliyatini mukammal darajada olib borib bolalarga jamiyatimizda roʻy berayotgan voqea hodisalarga nisbatan oʻz vaqtida tegishli munosabat uygʻotishi, aniq maqsad va natijaga yoʻnaltirilgan reja va dasturlar asosida taʼlim va tarbiya jarayonini tashkil etish kerak deb hisoblayman. Shuning uchun taʼlim muassasasi tarbiya jarayoni tashkilotchisi boʻlib qolaveradi. Toʻgʻri kimlardir ham aytishi mumkin oilalar ham bu jarayonning asosiy tashkilotchisi deb lekin oilalar bolalarni nafaqat taʼlimiy balki axloqiy va jismoniy tarbiyalash borasida turlicha hatto farzandlariga oddiy odob axloq qoidalarini oʻrgatishha qobil boʻlmagan ota-onalar ham oz emas aksincha. Demak ota-onalar ham taʼlim muassasalari ham hamkorlik asosida bu jarayonning barcha shakllarining mazmunini, faol taʼlim tarbiyaning oʻzaro taʼsirini yaratishsa bu ham bir muammoga yechim boʻlardi.
Download 9.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling