Geologiya


Download 1.76 Mb.
Sana29.10.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1733070
Bog'liq
Tektonik jarayonlar Marhabo

Geologiya

Toshmirzayeva Marhabo

Tektonik jarayonlar

  • Yer poʻsti;
  • Mantiya
  • Yadro
  • Litosfera
  • Zilzila
  • Vulqonlar

Yer poʻsti

Yer po‘sti – Yerning eng yuzada joylashgan qattiq qobig‘i. Qalinligi o‘rtacha 35–40 km. Moddalarning o‘rtacha zichligi 2,7 g/sm3, Yer hajmining 1 % ini, massasining 0,4 % ini tashkil etadi. Mantiyadan Moxo chegarasi orqali ajralib turadi. Yer po‘sti kimyoviy elementlar, minerallar, tog‘ jinslaridan iborat. Eng ko‘p tarqalgan kimyoviy elementlar kislorod, kremniy, aluminiydir.

  • Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida yer po‘sti materik va okean yer po‘stiga bo‘linadi, deb o‘qigansiz. Endi esa, ularga qo‘shimcha holda oraliq va riftogen yer po‘stlari ham ajratilishini bilib olasiz. Sizga ma’lumki, materik yer po‘sti 3 ta, ya’ni cho‘kindi, granit va bazalt qatlamlaridan tuzilgan. Bunday qatlamlarni ajratish shartlidir. Cho‘kindi qatlam eng yuzada joylashgan bo‘lib, qalinligi 15–20 km gacha, ohaktosh, qum, gil va boshqalardan iborat. Granit va bazalt qatlamlar har birining qalinligi 10–15 kmni tashkil etadi.

Okean yer po‘sti okean tubiga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 5–10 km bo‘lib, cho‘kindili va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.

Okean yer po‘sti okean tubiga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 5–10 km bo‘lib, cho‘kindili va bazaltli qatlamlardan tuzilgan.

Oraliq yer po‘sti o‘rtacha qalinligi 15–30 km, 3 qismdan iborat: chekka dengiz soyligi, orollar yoyi va chuqur cho‘kmalar. Dengiz soyligi va chuqur cho‘kmalar ostida granit qatlami yo‘q, cho‘kindi va bazalt qatlamlardan iborat. Granit qatlam faqatgina orollar yoyida paydo bo‘ladi. Yevrosiyo materigining sharqiy qirg‘oqlarida, Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy va g‘arbiy qirg‘oqlarida mavjud.

  • Riftogen yer po‘sti o‘rta okean tizmalariga to‘g‘ri keladi. Qalinligi 1,5–2 km bo‘lib, 2 qatlamli tuzilgan. Cho‘kindi qatlamning qalinligi 1–2 km, bazalt qatlam rift vodiylarida (yer yoriqlarida) asta-sekin nuraydi va unchalik qalin emas.

Yadro

  • Yadro – Yerning eng chuqur, ichki qismi. Moddalarning zichligi 16 g/sm 3 gacha yetadi. Yer hajmining 16 % ini, massasining 31% ini tashkil etadi. U ham ikki qismdan iborat bo‘lib, tashqi yadro 5100 km chuqurlikkacha, ichki yadro Yer markazigacha davom etadi. Harorat 4000° C dan ortiq.

Eʼtiboringiz uchun raxmat!


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling