Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti


Cho‘kindi tog‘ jinslarining ta’rifi va tasnifi


Download 89 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi89 Kb.
#1609540
1   2   3   4
Bog'liq
Azizaga 1

Cho‘kindi tog‘ jinslarining ta’rifi va tasnifi

Tog‘ jinslarini ta’riflashda ularning rangi, tarkibi, differensiatsiya darajasi, strukturasi va teksturasi, struktura hosil qiluvchi donalarning silliqlanish va saralanish darajasi, donalar orasidagi to‘ldiruvchi material, mexanik va organik qo‘shimchalar va sementiga asosiy e’tibor beriladi. Tog‘ jinslaridagi bu xususiyatlar tadqiqot ishlarida qimmatli hulosalar chiqarishga yordam beradi.


Tog‘ jinslarining rangi ularning hosil bo‘lishidagi tabiiy geografik muhitni qayta tiklashda ahamiyati bor. Rang tog‘ jinslaridagi pigmentli (rang beruvchi) moddalarga bog‘liq. Masalan: qora rang tog‘ jinslarida organik moddalar, marganes va uran oksidlari mavjudligi orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Faqat shu moddalargina qora rang beradi. Tog‘ jinslarida ikki valentli temir oksidi mavjudligi kulrang (gidromorf), uch valentli temir oksidining borligi esa qizil rang (aeromorf) beradi. Uch va ikki valentli temir oksidlarining o‘zaro nisbatiga qarab tog‘ jinslarining rangi kul rangdan qizilgacha bo‘lgan spektrlarda o‘zgarishi mumkin. Gidromorf rangli jinslar suv havzalarida, aeromorf rangli jinslar esa quruqlikda hosil bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining rangi birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Lekin ularni amalda ajratish ancha qiyin. Birlamchi rang tog‘ jinslarining hosil bo‘lishidagi tabiiy-geografik muhitga bog‘liq bo‘lsa, ikkilamchi rang tog‘ jinslarining keyingi epigenetik va diagenetik o‘zgarishlarida vujudga keladi.
Tog‘ jinslarining moddiy tarkibi ularning hosil bo‘lish muhitini, agar ular siniq bo‘lakli (terrigen) bo‘lsa, yuvilish maydonlarning tarkibini (petrofond) aniqlashga yordam beradi.
Cho‘kindi jinslarning differensiatsiyasi orqali cho‘kma hosil qiluvchi oqimning xususiyatlari aniqlanadi. Masalan: sel yotqiziqlarida material yirik harsanglardan tortib to gil zarralarigacha aralashgan holda yotadi. Jins bo‘laklari o‘lchami bo‘yicha ajralmagan bo‘ladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi oqimlarda (dengiz, daryo) yotqiziqlar shag‘al, qum va alevritlarga bo‘lingan, ya’ni differensiatsiyalangan bo‘ladi.
Cho‘kindi jinslar asosan genetik belgilari va moddiy tarkibi bo‘yicha tasniflanadi. Genezisi bo‘yicha bo‘lakli, xemogen va biogen (Luchiskiy, 1948) yoki bo‘lakli, gilli va xemobiogen (Shvesov, 1958) jinslar ajratiladi. Bunday genetik turdagi cho‘kindi jinslarning keyingi tasnifi moddiy va mineral tarkibi bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, xemobiogen guruhda glinozyomli, temirli, marganesli va boshqa jinslar ajratiladi. Bo‘lakli jinslar esa struktura hosil qiluvchi bo‘laklarning o‘lchami bo‘yicha yirik bo‘lakli, qumli, alevritli va h.k. bo‘linadi. Bu cho‘kindi jinslarni tasniflashda keng foydalaniladigan usuldir.
Har qanday tabiiy ob’ektlarni va hodisalarni tasniflashda, albatta, genetik tamoyillar asos bo‘lishi kerak. Ammo tog‘ jinslarining ko‘pchiligi poligenetik kelib chiqishga ega.
Cho‘kindi jinslarni tasniflashda ma’lum bir yoki bir necha belgi boshqalariga nisbatan yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bo‘lakli jinslarni tasniflashda strukturaviy belgi – bo‘laklarning o‘lchami asosiy hisoblanadi. Kremniyli jinslarda esa genetik belgilar asosiydir. Genezisi bo‘yicha ular biogen, xemobiogen va xemogen turlarga bo‘linadi. Keyingi tabaqalanish esa mineral tarkibi va strukturasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
N.M.Straxov tomonidan yaratilgan va litogenez turlari ta’limotiga asoslangan tasnif ko‘plab talablarga javob beradi va shu tufayli amalda keng qo‘llaniladi. U cho‘kindi jinslarni moddiy tarkibi va genezisi bo‘yicha: 1) bo‘lakli, 2) gili, 3) glinozyomli (allitli), 4) temirli, 5) marganesli, 6) fosfatli, 7) kremniyli, 8) karbonatli, 9) tuzli va 10) kaustobiolitli jinslarni ajratadi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari turli tarkibdagi birlamchi tog‘ jinslarining nurashi va nurash materiallarining ko‘chirib yotqizilishi hamda suv havzalarida eritmalardan tuzlarning cho‘kmaga o‘tishi (kimyoviy) yoki hayvon va o‘simliklar qoldiqlarining to‘planishidan (organogen yoki biogen) hosil bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu jarayonlar birgalikda kechadi va murakkab tarkibli (bo‘lakli - kimyoviy, bo‘lakli - organogen va b.) jinslar vujudga keladi. Ba’zi cho‘kindi jinslar qadimiy jinslarning kimyoviy o‘zgarishi natijasida nurash mahsulotlarining ko‘chirilmasdan o‘z joyida qolishi orqali vujudga keladi. Bunday jinslar nurash qobiqlarini tashkil etadi.
Materiallarning cho‘kishi tufayli vujudga kelgan birlamchi mahsulotlar cho‘kma deyiladi. Cho‘kma keyinchalik toshqotib tog‘ jinsiga aylanadi. Cho‘kmaning tog‘ jinsiga aylanish jarayoni litifikatsiya deyiladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari o‘zining moddiy tarkibi, kelib chiqishi, foydali komponentlari yoki bashqa xususiyatlari bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Ammo bu tasniflarning barchasi to‘laligicha talabga javob bermaydi. Shuning uchun ham ularni, barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi rypuhlarga: bo‘lakli, gilli, karbonatli, silitsitli, tuzli, allitli, temirli, marganesli jinslarga, fosforitlar, va kaustobiolitlarga bo‘lish mumkin.



Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling