Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti


Cho‘kindi moddalarning differensiatsiyasi va cho‘kishi


Download 61.58 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1609595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Azizaga 2

Cho‘kindi moddalarning differensiatsiyasi va cho‘kishi


Tashilayotgan cho‘kindi material relefning pastkamliklarida cho‘kmaga o‘tib to‘planadi. Cho‘kindi to‘planish tezligi katta oraliqda o‘zgaradi - yiliga millimetrning ulushlaridan (dengiz va okeanlarning chuqur qismlarida) to bir necha metrgacha (yirik daryolarning quyulishida) boradi.


Cho‘kindi to‘planish havzasining uzoq vaqt davomida uzluksiz bukilishi tufayli katta qalinlikdagi bir jinsli yotqiziqlarning to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Tektonik rejimning tez-tez almashinib turishi esa kesmada tarkibi va tuzilishi turlicha bo‘lgan cho‘kindi qatlamalarini vujudga keltiradi.
Cho‘kindi materialning ko‘chirilishi va cho‘kishi jarayonlarida mexanik, kimyoviy, biologik va fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida uning saralanishi, erigan va gazsimon moddalarning qisman qattiq fazaga o‘tishi amalga oshadi. Bo‘ jarayon cho‘kindi differensiatsiyasi deyiladi. Shu tufayli hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar ko‘p hollarda magmatik va metamorfik jinslardan oddiy kimyoviy tarkibi, muayyan bir komponentlarning yuqori konsentratsiyasi yoki donalarning o‘lchami bo‘yicha bir xillik darajasi bilan farq qiladi.
Cho‘kindi moddalar ko‘chirilishi va cho‘kmaga o‘tishida bo‘laklarning o‘lchami, zichligi, kimyoviy xossalari bo‘yicha ajralishi kuzatiladi.
Cho‘kindi moddalarning differensiatsiyasi tushunchasini litologiya faniga birinchi marta L.B.Pustovalov tomonidan kiritilgan va uning ikki turi – mexanik va kimyoviy differensiatsiya ajratilgan.
Mexanik differensiatsiya bo‘lakli jinslarning o‘lchami va zichligi bo‘yicha ajralishida amalga oshadi. Bunday ajralish natijasida tog‘li o‘lkalar dag‘al bo‘lakli yotqiziqlar qambari bilan o‘raladi. Ulardan keyin, nurash maydonlaridan uzoqlashgan sari, qumlar, ulardan ham uzoqroqda gilli materiallar cho‘kmaga o‘tadi. Huddi shunday hol suv havzalarining qirg‘og‘idan uning markazi tomon yo‘nalishda ham kuzatiladi.
Kimyoviy differensiatsiya erigan moddalarning eritmadan to‘yinish darajasi bo‘yicha ketma-ket cho‘kishi tufayli amalga oshadi. Bunda qiyin eriydigan birikmalar oldin, oson eriydiganlari keyin cho‘kmaga o‘tadi. Masalan, alyuminiy, marganes va temir oksidlari qiyin eriydigan birikmalar hisoblanadi va qirg‘oq yaqinida cho‘kmaga o‘tadi. Qirg‘oqdan uzoqroqda fosfatlar, temir silikatlari va karbonatlar cho‘kadi. Kimyoviy differensiatsiya oson eruvchi tuzlarning suv havzalarining markaziy qismida cho‘kmaga o‘tishi bilan o‘z nihoyasiga yetadi.
Hozirgi vaqtda cho‘kindi moddalarning differensiatsiyasi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar to‘plangan. Ular bo‘yicha quyidagi differensiatsiya turlarini ajratish mumkin:

  1. Mexanik differensiatsiya – bo‘lakli materiallarning o‘lchami va zichligi bo‘yicha ajralib cho‘kmaga o‘tishi. Zichlik bo‘yicha monomineral differensiatsiya rivojlanadi.

  2. Fiziko-kimyoviy differensiatsiya – kolloid materiallarning ajralib cho‘kishi.

  3. Biokimyoviy differensiatsiya – organizmlar hayot-faoliyati natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarning ajralib cho‘kmaga o‘tishi.

  4. Kimyoviy differensiatsiya – chin eritmalardan moddalarning ajralib, alohida qatlamlar holida cho‘kmaga o‘tishi.

Odatda bu differensiatsiya turlarining barchasi birgalikda amalga oshadi, lekin ulardan biri yetakchi bo‘ladi. Tabiiy geografik sharoit va tektonik rejim differensiatsiya jarayonining asosiy omillari bo‘lib hisoblanadi.
Differensiatsiya quruqlikda nurash qobig‘idan boshlanadi, ko‘chirish yo‘lida davom etadi (delyuviy, prolyuviy, allyuviy va delta yotqiziqlarining hosil bo‘lishi) va sedimentatsion suv havzalarida o‘z nihoyasiga yetadi. Sedimentatsiya havzasida bo‘lakli materiallarning harsanglar, g‘o‘laklar, graviy va qum donalariga, alevrit va gil zarralariga ajralishi, erigan moddalarning qiyin eruvchilari (temir, marganes, alyuminiy va boshqa birikmalar) oson eruvchilaridan ajralishi ko‘zatiladi.
Shuni yodda tutish lozimki, planetamiz yuzasida cho‘kindi differensiatsiyasi bilan bir qatorda turli manbalardan kelib tushayotgan moddalarning aralashib ketishi - integratsiya ham kuzatiladi. Bu jarayon turli bo‘lakli komponentlardan, biogen va xemogen hosilalardan tarkib topgan polimineral jinslarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bular muhit dinamikasining o‘zgarishi hamda bo‘lakli, kimyoviy va biogen mahsulotlarning birgalikda cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladigan aralash tarkibli jinslardir. Boshqacha qilib aytganda, cho‘kindi hosil bo‘lish jarayoni ikki qarama-qarshi tendensiya orasidagi kurash asosida kechadi.

Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling