Geologiya va geoinfarmatsion fakulteti
Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik holati
Download 112 Kb.
|
Azizaga4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amazonka daryosi va uning ekologik holati
Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik holati
Maʼlumki sayyoramizning 70 % suv bilan qoplangan, bu suvning katta qismi butunlay muzlab qolgan yoki isteʼmol uchun yaroqsizdir. Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi. Yerdagi koʻllar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi, bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi. Ayrim bashoratlarga koʻra, 2025-yilga kelib 52 ta mamlakat aholisi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch keladilar. YUNESKO Bosh direktori Audr Azuli 2030-yilga kelib dunyoda global suv tanqisligi 40 foizni tashkil etishini maʼlum qilgan. Sayyoraning turli nuqtalarida daryolarni qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi koʻpgina tashkilotlar mavjud. Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik xolatini koʻrib chiqamiz. Amazonka daryosi va uning ekologik holati Amazonkaning maydonini AQSh xududi bilan solishtirish mumkin. Bu xudud turli xil ajoyib biologik turlarga boy. Bu erda sayyoramizdagi tropik oʻrmonlarning yarmidan koʻpi (deyarli 60 %) oʻsadi hamda Janubiy va Shimoliy Amerika iqlim sharoitlari tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega. Amazonkaning uzunligi 6400 kilometr. Oʻzining joylashishiga koʻra, Amazonka uzoq vaqt davomida inson taʼsiridan himoyalangan edi, lekin endilikda vaziyat oʻzgarmoqda. Braziliya xukumati taxminan 60 ta damba qurishni rejalashtirmoqda. Shu kabi loyihalar erli aholi va milliy bogʻlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. Missisipi daryosi va uning ekologik holatiAmerikaning eng katta daryosi Missisipi AQshning Minnesota shtatidan boshlanadi va 4 ming kilometrga oqib borib Meksika koʻrfaziga quyiladi. Inson taʼsiri tufayli u xozirda yordamga muxtoj. Xar yili Missisipi deltasining 30 kilometri yoʻqolib bormoqda: koʻpgina damba, shlyuz, bir necha kilometrlarga choʻzilgan toʻgʻonlar tufayli daryoga avvalgi qayirning 10 % kelib tushadi xalos. Missisipini himoya qilish va suv muammosini echishda har yili yangi loyihalar ishlab chiquvchi koʻplab tashkilotlar mavjud. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling