Геология ва геоинформацион тизимлар факультети мавзу: Геокимёвий тадқиқоқт усуллари. Тошкент


Download 1.36 Mb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1480606
1   2   3   4
Bog'liq
Litogeokimyoviy.tadq.us. Mustaqil ish

Birlamchi tarqalish oreollari ma’dan atrofida metasomatik o‘zgargan ma’dan qamrovchi tog‘ jinslari va ba’zi kimyoviy elementlar anomal miqdorlarining yig‘ilishi tushuniladi. Birlamchi oreollarni o‘rganishda ma’dan ustidagi qatlamda 3 ta, ma’dan tanasidan turli masofalarda joylashgan va elementlarning ma’lum bir kompleksi bilan tavsiflanuvchi ichki, oraliq va tashqi zonalarni ajratish mumkinligi aniqlangan. 1990 yilda L.N.Ovchinnikov va S.V.Grigoryan tomonidan ma’dan konlari tik kesimida kimyoviy elementlarning tarqalish qoniuniyati ochilganidan so‘ng ma’dan yuqorisi, usti, o‘rtasi, pasti va tagini tavsiflovchi geokimyoviy erozion kesimlarni ajratish imkoni tuzildi.
Asosiy ma’danli elementlar bilan bir qatorda tarqalish oreollarida turli xil yo‘ldosh elementlar (ma’danlanish indikatorlari) paydo bo‘ladi. Ular sulfidlarda, silikatlarda, karbonatlarda uchraydi. Bu hamma elementlar o‘rtasidagi miqdoriy munosabatlar xuddi ma’dan tanasining o‘zidagi kabi saqlanib qoladi. Endogen ma’dan hosil bo‘lishi jarayonida paydo bo‘lgan oreollar bilan birga endogen birlamchi tarqalish oreollari ham ma’lum.
Ma’lum bir guruh elementlar konsentratsiyasining geokimyoviy baryerlarda oshishi orqali foydali qazilmalar tanalarining shakllanishi jarayonida ma’lum elementlar (ularning birikmalari) birinchi o‘zgargan geokimyoviy sharoitning o‘zida migratsiyasini to‘xtatsa, qolgan bir nechta elementlar turli geokimyoviy sharoitda ham ma’danli tana tomonidan migratsiya yo‘nalishi bo‘yicha haraktatini davom ettiradi. Ma’lum elementlar konsentratsiyasining bir muncha yuqori qiymatlari kuzatilgan uchastkalar turli xil ma’dan tanalarini namoyon qilishi mumkin. Ma’dan tanasi atrofida elementlar va ularning birikmalari konsentratsiyasining oshishi birlamchi geokimyoviy oreollarni hosil qiladi.

Litogeokimyoviy usul yordamida birlamchi tarqalish oreollarini namunalash turi.


Масштаб

Маршрут ёки профиллар ораси, м

Намуналар орасидаги масофа, м

Намуналар сони 1 км2

1:50000
1:25000
1:10000
1:5000
1:2000

500
250
100
50
20

50
20-40
10-20
10
5

40
100-200
500-1000
2000
10000


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling