Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Tog‘ jinslarining mehanik xossalari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

3.5. Tog‘ jinslarining mehanik xossalari. 
Maydalash va yanchish jararnlari uchun tog’ jinslarining muhim 
xarakteristikalari bo‘lib mustaxkamlik (qattiqlik), maydalanuvchanlik, 
yanchiluvchanlik va abrazivlik (charxlash, silliqlash) hisoblanadi. 
Tog’ jinslarining mustahkamligi deb, uning tashqi kuch taúsiri ostida 
mustahkamlikning maúlum chegarasicha parchalanmaslik qobiliyatiga aytiladi. 


Maydalanuvchanlik tog’ jinslari mexanik xossalarining umumlashgan parametri
bo‘lib, ularni maydalash jarayonining energiya sig’imi bilan xarakterlanadi. 
Maydalanish maydalagichning toza ish indeksi va standart maydalagich 
namunaviy bo‘shatish xarakteristikasi bilan baholanadi. Bu ko‘rsatkichlar
o‘lchami 50 (40)-e mm (e-maydalagich bo ‘shatish tuynugining kengligi) rudani 
kichik
o‘lchamli konusli yoki yuzali maydalagichda maydalash natijasida tajriba yo‘li
bilan aniqlanadi. 
Maydalashga sarflangan energiyaning solishtirma sarfi maydalashning o‘lchovi 
bo‘lib xizmat qiladi. Bu usulning kamchiligi: katta miqdordagi namunaning 
ishlatilishi (150-300 kg), maydalagichga doimiy yuklashni taúminlashning 
qiyinligi, foydali quvvatni aniqlashning noaniqligi. 
Yachiluvchanlik laboratoriya tegirmonинing solishtirma ishlab chiqarish 
unumdorligi bilan baholanadi (yanchish bo‘limida kengroq o‘rganiladi). 
Abrazivlik tog’ jinslarini maydalaгич, tegirmon va boshqa mashinalarga 
ishqalanishi taúsirida emirilish qobiliyatini xarakterlaydi. 
Tog’ jinslarining mexanik xususiyatlarini o‘rganishda ularni bir o‘qli siqilish, 
cho‘zilish, siljish va egilishga sinab ko‘riladi. 
Tog’ jinslari namunalarining (dumaloq yoki to‘g’ri burchak kesimli) siqilishga 
mustahkamligi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Р = F/S 
bu erda: P - siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, Pa; 
F - pressning namunaga siqilish kuchi, N;
S - namunaning kundalang kesim yuzasi, m
2

Tog’ jinslarining mexanik xossalari ularning tarkibi va tuzilishiga, g’ovaklik, 
qatlamlik, jinsni tashkil qilgan zarralarning o‘lchami va h.k bog’liq. 
Kristallar, sementlovchi moddalar va siniq parchalari va h.k. orasidagi 
tortishish kuchi keng chegarada o‘zgarib turishi tufayli bir xil tog’ jinslarining 
mexanik xususiyatlari sezilarli darajada tebranib turishiga olib keladi. Mo‘rt 
jinslarning real mustahkamligi nazariy mustahkamligidan kichik. 
Tog’ jinslarini cho‘zilish, siljish va egilishga tekshirish maxsus tajribalarda 
aniqlanadi. Tog’ jinslarining cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishдaгiga 
nisbatan bir muncha kichik. Siljishdagi mustahkamlik chegarasi ezilish va 
siqilishdagidan bir muncha yuqori. 
Siljish deb qandaydir tekislik parallel jismining hamma qatlamdagi 
deformasiyaси aytiladi. Siljishda deformasiyalanuvchi jism xajmi o‘zgarmaydi. 
Maydalashda (yanchishda) deformasiyaning eng muxim turi cho‘zilish 
hisoblanadi. 
Ko‘p hollarda tog’ jinslari yanchилuvchи zarralarning o‘lchami kichrayishi 
bilan mustaxkamlik ortib boradi. Tog’ jinslari uchun zarralarning o‘lchami 0,1 - 
0,5 mm dan kichik bo‘lganda mustaxkamlikning sezilarli darajada ortishi 
kуzatiladi. 


Tog’ jinslarining qattiqligini aniqlashda prof.M.M. Protodüyakonov tomonidan 
taklif qilingan qattiqlik shkalasidan foydalaniladi. Bu shkalaning koeffisient - 
lari har xil jinslarning emiriluvchanligini taqqoslash uchun ishlatiladi. 
Koeffisientlarning qiymati 1 dan 20 gacha. 
Tog’ jinsining qattiqlik koeffisienti qattiqlikni aniqlovchi maxsus asbobda tuyush 
usuli orqali tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usulga ko‘ra qattiqlik koeffisienti tog’ 
jinsini maydalashga sarflangan ishni 0,5 mm dan kichik zarralarning umumiy 
hajmi bilan baholanuvchi maydalash natijasida yangitdan hosil bo‘lgan yuzalarga 
nisbatiga proporsional. Odatda sinashga o‘lchami -40 +20 mm li va og’irligi 0,04-
0,06 kg bo‘lgan mahsulotning namunasi uchratiladi. 
Tog’ жинсининг qattiqlik koeffisienti quyidagi formuladan topiladi: 
f = 20 n / h 
bu erda: n - og’irligi 2,4 kg bo‘lgan yukni 0,6 m balandlikdan tashlash sonlari. 
h - mahsulotning 5 ta namunasini hajm o‘lchagichda o‘lchashdan keyingi - 0,5 
mm li mayda fraksiyaning ustuni balandligi, mm Xajm o‘lchagichning diametri 
23 mm. 
Tog’ jinsining maydaланuchanligi va yanchiluvchanligini xarakterlash uchun 
parchalanishga qarshilik deb ataluvchi maxsus ta’rifdan foydalaniladi. 
Tog’ jinslari tashqi taúsirga turlicha javob beradi. Shunday tog’ jinslari 
uchraydiki, ularning deformasiyasi parchalanishga qadar juda sezilarsiz hamda 
ayrimlarining deformasiyasi uncha katta bo‘lmagan yukda millimetrga etadi va 
parchalanish sodir bo‘lmaydi. 
Tog’ jinslari deformasiyalanishining bunday xilma-xilligiga sabab ularning 
ichki bog’lanish kuchlaridagi farqdir. 
Qayishqoq (elastik) tog’ jinslari kuchlanishning so‘nggi qiymatida mo‘rt 
parchalanishga uchraydi - elastik deformasiyadan keyin ularning bog’lari 
uziladi.Plastik tog’ jinslari deformasiyaning doimiy tezligiga ega.Mo‘rt 
parchalanish uchun 4 bosqich xarakterli:
1 - darzlarning zichlashishi va yopilishi; 2 - elastik deformasiya; 3 - yangi 
darzlarning tug’ilishi va rivojlanishi; 4 - darzlarning tarmoqlanishi va qo ‘shilishi, 
mahsulotning parchalanishi. 
Tog’ jinslarini parchalashda kuch yoki yuk turli usullar bilan qo ‘yilishi 
mumkin. Kuch qo‘yishning statik, dinamik, zarba (impuls) va boshqa usullari 
mavjud. Kuch qo‘yish tezligining o‘zgarishi bilan tog’ jinslarining deformasion 
xususiyatlari ham o‘zgaradi. 
Statik kuch vaqtga bog’liq emas, dinamik kuch qisqa muddatli va kuchning bir
zumda o‘sishi bilan xarakterlanadi; unda maksimumdan keyin uning tez pasayishi 
sodir bo‘ladi. Zarba orqali kuch berish kuchning deyaerish kuchning deyaib, keyin 
tezda kamayishi bilan xarakterlanadi. 
Kuch qo‘yilish tezligining ortishi bilan siqilishga mustaxkamlik, elastiklik 
moduli va mahsulotning parchalanishga qarshiligi ortib boradi. 
Statik kuch kuyishda kuchlanish butun jism bo‘ylab tekis taqsimlanadi va 
parchalanish eng kuchsiz kesimlar bo‘ylab sodir bo ‘ladi, dinamik kuch 


qo‘yilishida esa kuchlanish bir tekis taqsimlanmaydi va parchalanish bir necha 
joyda sodir bo‘lishi mumkin. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling