Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

jonli kesim deyiladi va foizlarda ifodalanadi. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rburchak 
shakldagi ko‘zli to‘qilgan to‘rlar uchun jonli kesim koeffitsienti:

k
= 100 l

/ (l + a)
2
(13) 
L
т 
= 100 l в /(l + a)(l+в) (14) 
bu yerda: l-teshikning kengligi, mm;
a-simning diametri, mm; 
b-teshikning uzunligi, mm. 
Teshikning kengligi bir xil bo‘lganda to‘g‘ri to ‘rtburchak shakilli 
to‘rning jonli kesimi kvadrat shakilnikidan ko‘pdir, ya’ni
L
t
>L
k
.
To‘r teshiklarini o‘lchami standartlangan va parallel simlar orasidagi 
minimal masofa bilan aniqlanadi. To‘rlar to‘qilgan taram-taram simlardan 
yig‘ilgan (7-rasm.) payvandlangan va qoliblangan (shtampovka qilingan )
(8-rasm) bo‘lishi mumkin. 


7-rasm. Yig‘ilgan to‘rlar: а-qisman taramlangan; 
b-taramlangan; v-murakkab taramlangan
8-rasm. Qoliplangan panjaralarda панжараларда 
Teshiklarning shakli va joylashishi.
Elash jarayoniga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 1) elakning jonli kesimi; 2) 
mahsulotni elakda harakatlanish tezligi; 3) elovchi yuzaning qiyalik burchagi va 
teshiklarning shakli; 4) mahsulotning fizik xossalari; 5) elash sharoitlari. 
Elashning jonli kesimi qancha katta bo ‘lsa, elash samaradorligi shuncha 
katta bo‘ladi. Mahsulot elakning ishchi yuzasi bo‘ylab tez harakatlanganda 
teshikning ustidan o‘tib ketib, elanishga ulgurmaydi va bu holda elak konveyerga 
o‘xshab qoladi. Sanoatda ishlatiladigan elaklardagi mahsulotning harakatlanish 
tezligi 0.5-0.75 m/s ni tashkil etadi. 
Elovchi yuzaning qiyalik burchagi va elakdagi mahsulotning qalinligi elash 
jarayoniga ta’sir qiladi. Qiyalik qancha katta bo‘lsa, elakning samaradorligi 
shuncha kichik bo ‘ladi. Zarraning o‘lchami elak ko‘zining o‘lchamiga qancha 
yaqin bo ‘lsa zarra o‘zining yo‘lida tushib ketsh uchun shuncha ko ‘p teshikka 
duch keladi. Zarra o‘lchaminig teshik o‘lchamiga nisbati nisbiy o‘lcham deyiladi. 
Nisbiy
o‘lcham 0 dan 0.5-0.75 gacha bo‘lgan zarralar oson o‘tuvchi, 0.75-1 gachasi qiyin 
o‘tuvchi zarralar hisoblanib, uni elashga uzoq vaqt talab qilinadi.
Mahsulot qatlamini qalinligi elak ko‘zi o‘lchamining tort barobardan 
oshmasligi kerak (h=4k) . 


Nisbiy o‘lchami 1 dan 1.5 gacha bo‘lgan zarralar qiyinlashtiruvchi zarralar 
deyilib, ular o‘zi teshikdan o‘tmaydi, hamda oson va qiyin o‘tuvchi zarralarning 
ham o‘tishiga xalaqit bermaydi. 
Elanayotgan mahsulotda qiyin va qiyinlashtiruvchi zarralar qachalik ko‘p 
bo‘lsa, kerakli elash samaradorlikka erishish uchun shuncha ko‘p vaqt talab 
qilinadi.
Quruq, sepiluvchi mahsulotlar (2-4% namlikka ega) oson elanadi va yuqori 
elash samaradorligiga juda tez erishiladi. Namlik ortishi bilan elanish qiyinlashadi; 
elak ko‘zlari nam mahsulot bilan yopilib qoladi, mayda mahsulotlar kattasiga 
yopishib qoladi va elanmaydi. 
Nam va loyli mahsulotlarni elashda elak teshiklari ifloslanadi va elakning 
jonli kesimi kamayadi. Teshiklar ko‘zi yopilib qolmasligi uchun torlarning elak 
bilan isitilishi qo‘llaniladi (80-150 °C gacha). Bunda elak teshiklari suv pardasi 
bilan qoplanmaydi va nam zarralar simga kamroq yopishadi; yopishgani ham 
qurib, tor harakatlanganda tushib ketadi. 
Elash jarayoniga, bundan tashqari, dastlabki mahsulotning granulomertrik 
tarkibi, elash usuli ( quruq yoki ho‘l), mahsulotni elakka bir tekis berilishi, elovchi 
yuzani holati vahokazolar ham ta’sir etadi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling