Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Maydalash jarayoning nazariy asoslari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

3.4. Maydalash jarayoning nazariy asoslari. 
 
Parchalanishda ichki bog‘lanish kuchlarini urgish uchun sarflangan 
energiyani aniqlash maydalash va yanchish nazariyasining asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 
Malumki ko‘pgina qattiq jismlar, ham polikristal hisoblanadi, ya'ni juda ko‘p sonli 
birlashib ketgan mayda kristal zarralardan iborat. 
Bog‘lanish kuchining turlariga qarab, ionli, atomli metallli,molekulyar va 
vodorod bog‘li kristallari mavjud. 
Ion bog‘danishli kristallarda krisstallik panjaraning tugunlarida ionlar 
joylashadi.Bog‘lanish qarama – qarshi ishorali ionlarning o‘zaro elektr ta'sirlashuvi 
natijasida sodir bo‘ladi.
Ionlar orasidagi o‘zaro ta'sirlashuv kuchi qancha katta bo'lsa, kristallarning 
qattiqligi shuncha yuqori bo'ladi.
Atom bog‘lanishli kristallar panjaralarining tugunlarida atomlar joylashib
ularning orasida kovalent yoki gomeopolyar kimyoviy bog‘ mavjud. 
Kovalent bog‘lanish asosida qar kaysi atomdan bittadan elektron olib, valent 
elektronlarining umumiy juftligini hosil qilish yotadi. 
Metall boglanishli kristallarda metall ionlari orasidagi bog‘lanish hamma kristallar 
uchun umumiy bo‘lganelektron buluti orqali ta'minlanadi. Molekulyar boglanishli 
kristallar uchun umumiy bo‘ lgan elektron buluti orqali ta'minlanadi. 
Molekulyar bog‘lanishli kristallar kristal panjara bugimlariga nisbatan 
kuchsizroq vandervaals kuchlari bilan ushlanib turuvchi molekulalar borligi bilan 
xarakterlanadi. 
Vodorod boglanishli kristallarda molekulalaaro boglanish vodorod atomlari 
orqali amalga oshiriladi. 
Boglanishning vandervaals kuchlari kovalent va ion boglanishiga nisbatan ikki 
marta va vodorod boglanishga nisbatan bir marta kuchsizroqdir. Metall boglanish 
kovalent va ion boglanishga nisbatan bir muncha kuchsizroqdir 
Real kristallar kristal panjaralar buzilishiga ega bo'lib, ular nuqsonlar deb ataladi. 
Bu nuqsonlar nuqtali . bir o'lchamli va ikki o'lchamli bo'lishi mumkin. Nuqtali 
nuqsonlar o'z navbatida energetik, elektr va atomli nuqsonlarga bo'linadi. 
Ularning orasida eng ko'p tarqalgani enegetik nuqsonlar hisoblanib, ular 
issiqlik harakati yoki radiatsiya orqali hosil bo‘ladi Elektron nuqsonlar 


elektronlarning ortib ketishi yoki etishmasligi sababli (kristallardagi to'ldirilmagan 
valent - bog‘ lar-teshiklar ) yoki eksitonlar (kulon kuchlari bilan bo g‘langan 
elektron va teshiklardan tarkib topgan juftlashgan nuqsonlar)ning borligi tufayli 
hosil bo‘ladi.Atomli nuqsonlarga atomlarning kristal panjara tugunlaridan tugunlar 
oraligiga siljishi misol bo‘ladi. Bir o‘lchamli (chiziqli) nuqsonlar atom 
tekisligining o‘zaro dislokatsiyasi (siljishi)dan hosil bo'dsa, ikki o‘lchamli 
nuqsonlar chiziqli dislokatsiya o‘atorlari siljishidan hosil bo‘ladi.
Nuqtali nuqsonlar har qanday real kristalda mavjud bo‘ lib, ular issiqlik 
harakati natijasida molekulalarning joylashishidagi tasodifiy o‘ zgarish natijasida 
molekulalarning joylashishidagi tasodifiy o‘zgarish natijasida doimo tugilib va 
yo‘q bo‘lib turadi.
Panjaraning atomli nuqsonlari kristallarning mehanik va boshqa xossalariga 
ta’sir qilishi mumkin. Siljish minerallarning fizik xossalariga atomli nuqsonga 
nisbatan ko‘proq darajada ta’sir qiladi. Kuchlanishlar ta’siri ostida siljishlar engil 
harakatlanishga ega bo‘ladi va o‘zaro hamda panjaraning boshqa nuqsonlari 
bilan jadal taúsirlashadi. Harakatdagi siljishlarning to‘siqlar bilan (zarraning 
qirrasi, boshqa siljishlar va h.k) ta’sirlashuvi natijasida siljishlar (dislokatsiya) 
ning ko‘payishi sodir bo‘ladi. 
Nuqsonlar kontsentratsiyasining ma’lum bir qiymatgacha ortishi kristallar 
mustahkamligining kamayishiga olib keladi. Sungra nuqsonlar siljishlar
harakatini qiyinlashtiradi va bu mustahkamlovchi omil sanaladi. 
Tog ‘ jinslarini maydalash va yanchish ularni siqilish va siljishdagi 
mustahkamlik chegaralaridan ortiq kuchlanishlarda darzlar va nisbatan 
kuchsizroq joylaridan parchalash orqali boshlanadi. Keyin esa bir jinsliroq massa 
parchalanadi. 
Mo‘rt qattiq jismlar odatda ularning Yung modulining ming ulushini tashkil 
qiluvchi kuchlanishda parchalanadi. Ma’lum chegaragacha kuchlanishning 
ortishi bilan mo‘rt jismlarda darzlarning tarqalish tezligi ortadi. Harorat va 
siqiluvchi bosimning ortishi bilan parchalanish (emirilish) jarayoni 
murakkablashib boradi, plastik deformatsiya sodir bo‘lishi mumkin. Kuchning 
asta-sekin qo ‘yilishi parchalashdan oldin kamroq plastik deformatsiya hosil 
bo‘lishiga olib keladi va tezroq quyilgandagiga nisbatan kamroq energiya talab 
qiladi. Kuchlanish ishlatishining optimal tezligi zarbaning yo‘nalishi va 
parchalanuvchi mahsulotning o‘lchamiga bog ‘liq bo‘lib, 40 120 m/s orasida 
bo‘ladi. Shuni hisobga olinganda, bolg‘achali maydalagichlar boshqa turdagi 
maydalagichlarga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Mahsulotdagi zarralarning
o‘lchami kamaygan sari uni parchalash uchun ko‘proq energiya talab qilinadi. 
Shuni e’tiborga olish kerakki, zarraning parchalanishi faqat tashqi kuch 
taúsirida emas, balki issiqlik energiyasi taúsirida ham sodir bo‘ladi. 
Har hil minerallarning issiqlikdan kengayish koeffitsienti va ularning hajmiy 
kengayishi har hilligi tufayli tog‘ jinslari qizdirilganda, ayniqsa minerallarning 
birikkan chegaralari bo‘ylab yanchilishi oson bo‘ladi. Buнdаy hollarda yanchish 
uchun termomehanik effekt (magnitlovchi kuydirish, gaz purkash orqali
yanchish va h.k.da) qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 


Tog‘ jinslarini yanchishda ularning mustahkamligiga sirt aktiv moddalar ta’sir 
ko‘rsatadi. Sirt aktiv moddalarning fizik yutishi natijasida qattiq jism yuzasida
uning mustahkamligining pasayishi sodir bo‘ladi (Rebinder effekti). Sirt aktiv 
moddalar mikrodarzlarga tushib, ularni birlashishiga qarshilik ko‘rsatib, darzlar
ichiga yorib kirish hususiyatiga ega. Rebinder effektining sodir bo‘lishiga qattiq 
jism tuzilishidagi nuqsonlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Nuqsonlar bor joyda ortiqcha 
erkin energiya bo‘lib, u qattiq jism molekulasi va sirt aktiv moddaning jadal 
ta’sirlashuviga olib keladi. 
Tog‘ jinsining va sirt aktiv moddaning fizik-mehanik xossalariga bog‘lik holda 
yanchishning mehanik sharoitlari ham bu effektning kattaligiga ta’sir qiladi. 
Tsement klinkerlarini quruq yanchishda juda oz miqdorda sirt aktiv moddalar 
va suvning qo‘shilishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini 13-17 % ga 
oshirgan, shuning uchun tsement ishlab chiqarish sanoatida sirt aktiv
moddalarini qo‘shish joriy qilinmoqda. Rudani suvli muhitda yanchish quruq 
yanchishga nisbatan samaraliroq. 
Yanchishni ikki bosqichda amalga oshirish zarur: foydali qazilma yuzаsиni 
ochishga tayyorlash va ochish. Ochishga tayyorlashda foydali qazilmaнинг 
mehanik (taranglik) xossalarini o‘zgartirishga erishish kerak. 
Griffits-Orovan-Rebinderlarning mikrodarzlarning o‘sishi haqidagi nazariyaga
ko‘ra foydali qazilmaning parchalanishi kristal panjaraning buzilgan joylaridan 
boshlanadi va quyidagi ketma-ketlikda boradi: muayyan joylarda 
kuchlanishning to‘planishiga olib keluvchi nuqsonlarning yig‘ilishi; mikrodarzlar 
ko‘rsatkichlarining hosil bo‘lishi, jismni bir necha qismga parchalanishi. 
Agar iqtisodiy jihatdan mumkin va maqsadga muvofiq bo‘lsa, mahsulotni 
ochishga tayyorlashning birinchi bosqichiga har taraflama siqish sharoitida 
egiluvchanlikni kamaytirish uchun issiqlik taúsirini qo‘shish kerak. 
Ochish jarayonining ikkinchi bosqichi siljishlarning qo‘shilishi va 
mikrodarzlarning tuzilishiga sharoit yaratishni ta’minlashi kerak. Turli 
elastiklikka ega rudali va noruda minerallarni mehanik usulda yanchish afzal. 
Mustahkamlik chegarasidan kichik siquvchi va cho‘zuvchi kuchlanish 
quyilganda qattiq jismda zarralararo eza bo‘ylab mikrodarzlar hosil bo‘ladi. 
Bunday kuchlanishni tashqi havoli yoki suvli muhitning bosimini o‘zgartirib,
yoki yanchilayotgan mahsulot bo ‘laklarini ko‘p marta urilishi orqali hosil 
qilish mumkin. 
Zarba taúsirida yanchilganda mahsulotning yangi ezalarini hosil qilish uchun 
kerak bo‘lgan energiya bu ezaga uning dastlabki qiymatidan qatúiy nazar to‘g‘ri 
proportsional. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling