Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


 Qutisi aylanma harakatlanuvchi vibratsion (inertsion) elaklar


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

2.11. Qutisi aylanma harakatlanuvchi vibratsion (inertsion) elaklar. 
 
Inersion vibraqo'zqatuvchili vibratsion elaklar boyitish fabrikasida turli 
xil mahsulotlarni elash va suvsizlantirish uchun qo'llaniladi.Ular sodda tuzilishga 
ega, oson boshqariladi va ishlatilishda ishonchli. Egiluvchan tayanch yoki unchalik 
qattiq bo'lmagan prujinali osilgichlarni qo'llash elakning asosiy va binoning tomiga 
tushadigan dinamik yukning sezilarli darajada kamayishini ta'minlaydi. 
Inertsion elaklar osilma va tirgakli tarzda tayyorlanadi.( 15-rasm) 
15-rasm. Qutisi aylanma harakatlanuvchi vibratsion (inertsion)


elaklar:-to'rlar o'rnatilgan quti; 2-vibroqo'zqatuvchi; 3-prujinali
tayanch; 4-tasmali uzatma; 5-elektrodvigatel; 6-val;
7- muvozanatlovchi; 8-valning podshipniklari; 9-shkiv. 
Elaklar osilma tarzda tayyorlanganda osilgichlarning qattiqligi gorizontal 
yo'nalishda juda kam bo'lgani uchun,elak ishga tushirilayotganda va rezonans 
payitida tebranishlar , asosan , vertikal yo'nalishda bo'ladi. 
Elaklar tirgakli (tayangan) tarzda tayyorlanganda prujinalar gorizontal 
yo'nalishda ma'lum qattiqlikka ega bo'ladi.Shuning uchun rezonans tebranishlar 
quti bo'ylab sodir bo'ladi.Rezonans uzoq muddat davom etmaydi, keyin ularning 
amplitudasi kamayadi. Elak rezonansdan tashqari tartibda ishlay boshlaydi. Elak 
to'xtaganda tebranishlar amplitudasi ishchi qiymatdan 0gacha o'zgaradi.Inertsion 
elakning quyidagi turlari mavjud: engil turdagi elaklar: GIL-32; GIL -42; GIL -
43;ГИЛ-52;ГИЛ-52; O‘rtaca turdagi elaklar: ГИС – 42;ГИС – 52. 
Og‘ir turdagi elaklar; GIT -32H; GIT - 41; GIT - 41A; GIT - 42H; GIT – 51B; 
 
2.12. Elaklarning ishlab chiqarish unumdorligini hisoblasr 
 
Elaklarning ishlab chiqarish unumdorligi bir qator omillarga bog’liq: dastlabki 
mahsulotning granulometrik tarkibi; mahsulotning namligi ; elak teshiklarning 
o’lchami; talab qilinadigan elaklash samaradorligi; elakning mexanik ish tartibi.
Ishlab chiqarish unumdorligi va elaklash samaradorligi orasida teskari 
bog’liqlik mavjud – ishlab chiqarish unumdorligi ortgan sari shu sharoitning o’zida 
elaklash samaradorligi kamayadi. 
Elaklarni texnologik hisoblash berilgan ishlab chiqarish unumdorligi va 
elaklash samaradorligida elaklovchi yuzaning o’lchamini aniqlashdan iborat. 
ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashning bir nacha usullari beriladi. 
Elakning dastlabki Elaklarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash uchun 
bir qator formulalar taklif qilingan. Ularning hammasi: 
Q = q ∙ 

 ∙ F ∙ k
α
 (19) 
formulasining turli ko’rinishidir; buyerda: q-elaklarning solishtirma ishlab 
chiqarish unumdorligi, m
3
/m
2
∙ soat; d- mahsulotning sochma zichligi, t/ m
3
;
F- elakning ishchiyuzasi, m
2
; k
0
– tuzalish koeffitsiyenti. 
Quyida elaklarning mahsulot bo’yicha ishlab chiqarish unumdorligi,
t/soat da:
Q = F ∙ q ∙ 

с 
∙ k ∙ l ∙ m ∙ o ∙ p (20) 
bu yerda: F- elakning ishchi yuzasi, m
2
; q- elakning solishtirma ishlab
chiqarish unumdorligi, m
3
/m
2
∙ soat; δ-mahsulotning sochma zichligi, t/m
3
;
k, l, m,o, p-tuzatish koeffitsiyentlari (katalogdan olinadi). 
Agar elak ko’zining o’lchami noma’lum bo’lsa: 


F = 0,85 ∙L ∙B (21) 
bu yerda: L va B- elaklovchi qutining uzunligi va kengligi, m. 
Agar elakning texnik xarakteristikasida elak ko’zining o‘lchami keltirilgan
bo’lsa, formuladagi 0,85 tushurib qoldiriladi. 
Dastlabki mahsulotning chiziqli xarakteristikasida (ruda bir tekis kattalikka 
ega) Q-ni aniqlash uchun soddalashtirilgan formula ishlatiladi:
Q = q∙ 

 ∙ k ∙ l (22) 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling