Bronzalar


Download 262.97 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi262.97 Kb.
#1427860
Bog'liq
Ixlosbek

BRONZALAR

Asosiy ta`sir qiluvchi legirlovchi elementga qarab bronzalar shartli ravishda quyidagi turlarga bo`linadi:qalayli,aluminiyli, berilliyli,qo`rg`oshinli va hakozo bronzalar.lekin ularni ikki asosiy sinfga ya`ni qalayli va maxsus (qalaysiz ) bronzalarga bo`lish ancha qulaylikka ega. Qalayli bronzalar juda yaxshi antifriksion xususiyatga ega, ishqalanish natijasida qizib ketmaydi, sovuqqa ham yaxshi chidaydi. Quyma zagatovkalarning kristallanishida g`ovaklar, mayda teshiklarning hosil bo`lishi bronzalarning muhim kamchiligi hisiblanadi.Ularning suyuq holda oquvchanligi ha yaxshi emas, likvidus va solidus chiziqlarning xarorat oralig`i juda kichik bo`lgani uchun suyuq massa tezda qotib qoladi.

Deformatsiyalanadigan bronzalardagi ( 5017- GOST ) qalayning miqdori 8% dan kam bo`ladi ( BrOF 6,5-0,15,BrOTs4-3, BrOTsC4-4-2,5 ) . Bunday bronzalardan murakkab shakldagi buyumlar , xatto prujinalar ham tayyorlanadi. Quyma bronzalar ( 613-79 GOST ) dagi qalayning moqdori 6% ga teng , yoki undan kam bo`ladi. Bunday bronzalar yuqori antifriksion xossalarga va yetarli darajada mustahkamlikka ega, ulardan armaturalar hamda ushqalanish juftlari tayyorlanadi ( BrOTsC4-4-2,5 BrOTsCH3-7-5-1 BrOTsC4-4-17 ) . Kremliyli bronza (BrKMts3-1) karrozoya bardosh va antifriksion xossalarga ega bo`lishi bilan bir qatorda elastiklik xususiyatiga ega. Kremniy misda erib, a- qattiq eritma hosil qiladi, u bosim ostida qayta ishlanadi.

Maxsus bronzalar mashinasozlik materiallari sifatida ishlatiladi. Bunday bronzalarning tarkibida alyuminiy, nikel, kremniy, temir, berilliy, xrom, qo`rg`oshin va boshqa elementlar bo`ladi, yani ular murakkab tarkibga ega. Bronzalarda qaysi element muhim legirlovchi element bo`lsa, bronza shu element nomi bilan ataladi. Bunday bronzalar ichida aluminiyli bronzalar ( BrAJ-4, BrAJH10-4-4 va hokazo) eng ko`p tarqalgan bo`lib yukori mexanik xossaga ega, ularning antifriksion va karroziya bardoshlilik xossalari xam yaxshi.Aluminiyli bronzalarning cho`kma xosil qilish xususiyatlarini kamaytirish hamda oksidlanish va gaz pufaklarini xosil qilish xususiyatlarini kamaytirish maqsadida ular temir, nikel, marganest bilan qo`shimcha legirlanadi( BrAJMts10-3-2 ). Ular quyma yoki deformatsiyalangan xar xil shakldagi yarim fabrikat xolda chiqariladi

Bronzadan yasalgan otning haykali


Download 262.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling