Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

Vq60 P n s e D m3/soat (41) 
 
Bu erda n – ekstsentrik stakanning aylanish chastotasi, min-1.
Maydalagichning oo ‘irlik bo ‘yicha ishlab chio ‘arish unumdorligi
Q,t/soat 
Q=60П n s l d k (42) 
Bu erda k – maydalangan mahsulotning g‘ovaklanish koeffitsienti, t/m3. 
o‘rta va mayda maydalagichlar uchun elektrodvigatel iste'mol qiladigan
quvvati.
N
дв
=O,21 D
2
∙n (43) 
3.11. Volokli maydalagichlar. 
Mayda maydalashda mayda maydalovchi konusli maydalagichlardan tashqari 
valokli maydalagichlar ham qo‘llaniladi. 
Valoklarning yuzasi tekis, qirrali yoki tishli bo‘lishi mumkin. Maydalash 
uchun odatda tekis valokli yuzalar ishlatiladi. Tekis yuzali valokli 
maydalagichlarda mahsulot bir – biriga qarama - qarshi aylanuvchi valoklar 
orasida ezilishi natijasida maydalanadi. 
28-rasm Volokli maydalagichlar. 
Tekis yuzali valokli maydalagich 28–rasmda keltirilgan. Valok 1 stanina 3 ga 
mahkamlangan qo‘zg‘almas podshipniklarga o‘rnatilgan. Ikkinchi valok 2 esa 


holati prujinalar 5 yordamida aniqlanadigan qo‘zg‘aluvchi podshipniklar 4 ga 
o‘rnatilgan. 
Har qaysi valok elektrodvigateldan o‘zining shkivi 7 va 8 orqali harakatlanadi. 
Mahsulot ta'minlovchi voronka 9ga tushadi. Maydalangan mahsulot bo‘shatish 
tuynugi 10 orqali tushirib olinadi. Valoklar orasida tirqishning kengligi va 
shuningdek, maydalangan mahsulot yirikligi boltlar 12 dagi prokladka bilan 
boshqariladi. Maydalagich po‘lat listdan qilingan qoplama bilan yopib qo‘yiladi.
Prujinalar 5 maydalagichni himoya qiladigan qismlar hisoblanadi. Ular 
maydalagichga metall jismlar tushib qolsa siqiladi, valok 2 o‘ngga suriladi va 
tushgan qattiq jism pastga o‘tib ketadi. Bunda hosil bo‘luvchi katta bosim 
staninaga emas balki boltlarga uzatiladi.
Har qaysi valok valga o‘rnatilgan konus va uglerodli, marganetsli yoki 
xromli po‘latdan tayyorlangan bandajdan tashkil topgan.
Bandaj ishdan chiqishi bilan almashtiriladi. Yangi bandajlarning qalinligi 
75–150 mm, og‘ir sharoitda ishlashda 230mm gacha etadi. Eskirib ishdan chiqqan 
bandajlarning ruhsat etilgan qalinligi kichik valoklar uchun 13mm va yirik valoklar 
uchun 63mm. Bandajlarning xizmat qilish muddati maydalagichlarning boshqa 
qismiga qo‘yiladigan shartlar asosida aniqlanadi va 4 oydan 2 yilgacha bo‘lishi 
mumkin.
Podshipniklar va yo‘naltiruvchi tekisliklar nasos yoki maydon orqali 
moylanadi. 
Staninaning ishdan chiqishining oldini olish maqsadida valoklarning 
ichkari tomonidan olib qo‘yiladigan plitalar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bu plitalar 
bandajlar tayyorlanadigan materialdan tayyorlanadi.
Valokli maydalagichlar valokning o‘lchamlari (kengligi V va diametri D) 
bilan xarakterlanadi, bunda valokning diametri taxminan maydalagichga
tushadigan mahsulot tarkibidagi eng katta bo‘lak
o‘ lchamidan 20–25 marta katta bo‘lishi kerak. 
Tekis valokli maydalagichlar uchun elektrodvigatelning solishtirma quvvati 
har bir tonna rudani maydalashda 1–3, 5 kvt ni tashkil etadi. 
Tekis valokli maydalagichlar quruq mahsulotda ishlaydi va jarayonni oson 
boshqarilishini ta'minlovchi sodda, ixcham va ishonchli mashina hisoblanadi. 
Bunday maydalagichlarni ayniqsa uncha katta emas va mo‘rt mahsulotlarni 
maydalash uchun ishlatish maqsadga muvofiq. Ular
ko‘pincha qalayli, volframli va boshqa rudalarni maydalashda ishlatiladi.
Valokli 
maydalagichlar uncha katta bo‘lmagan ishlab chiqarish 
unumdorligiga va kichik maydalash darajasi (2–4) ga ega. 
Bunday maydalagichlarda mahsulotni quruq maydalashda ko‘p
miqdorda chang hosil bo‘ ladi va bu ularning kamchiligi hisoblanadi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling