Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


 Maydalagichlarni avtomatlashtirish


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

3.14. Maydalagichlarni avtomatlashtirish. 
 
Ruda boyitish fabrikalarida ishlab chiqarish unumdorligi maydalagich ishchi 
maydonining to‘ldirilish darajasi maydalangan mahsulot yirikligi, bunkerni ruda 
bilan to‘ldirilishi va boshqalar nazorat
qilinadi. Maydalagichlarning ishlab chiqarish unumdorligi odatda vagonli yoki 
konveerli tarozilar yordamida maydalagich dvigatelining iste'mol qiladigan quvvati 
yoki ishchi maydonni ruda bilan to‘ldirilish satxi orqali boshqariladi.
Ishlab chiqarish unumdorligini tuldirish satxi buyicha boshqaruvchi sxema 
maydalagichni amalda to‘ldirilishini to‘likrok aniqlashga va uni rudaning yirikligi 
hamda qattiqligi o‘zgarganda optimal darajada ushlab turishga imkon beradi. 
Jamlashgan sxemalar ancha itiqbolli hisoblanadi.
Ularda ishlab chiqarish unumdorligini boshqaruvchi signal bo‘ylab 
maydalagich dvigateli iste'mol qiladigan tok yoki quvvat hisoblanadi. 
Maydalagichni yuk ostida bosilib qolishining oldini oluvchi yordamchi signal 
bo‘lib uning ishchi maydonidagi ruda satxi hisoblanadi.
Maydalagich elak bilin yopiq tsiklda ishlaganda uning ishlab chiqarish 
unumdorligi dastlabki rudaning ta'minlagichiga ta'sir etib boshqariladi.
Maydalash 
jarayonini 
nazorat 
qilish 
uchun 
sanoat 
televideniyasi, 
granulometrlar, satx ulchagichlar, tasmali konveerlarda metalllarni topish uchun 
MT-6 turdagi metalll qidirgichlar ishlatiladi. 
Maydalash tsiklini avtomatlashtirish ishlab chikarish unumdorligini va 
dastgohlarning vakti buyicha ishlatish koeffitsientini oshirishga mehnat 
unumdorligini ko‘tarishga va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirishga 
yo‘naltirilgan. 
Boyitish fabrikalarini texnologik normalash loyihalariga asosan rangli va 
qora metalllar rudalari uchun avtomatlashtirishning quyidagi asosiy sistemalari 
ko‘zda tutiladi:
1. Maydalangan mahsulotni masofaviy bushatishni ta'minlash uchun maydalash 
tsexining qabul qiluvchi bunkerlariga dastlabki rudalarni berishdan oldin 
vagonlarning xolati qayt qilinadi. Bunda relesli, magnitli va boshqa turdagi 
datchiklarni urnatish tavsiya qilinadi radioaktiv datchiklar yordamida amalga 
oshiriladigan. 
2. Maydalagichdan oldin o‘rnatiladigan bunkerlardan rudaning minemal satxini 
nazorat qilish. Rudani yuklashda ta'minlagich plastinkalarining shkastlanishini 
oldini olish uchun bunkerda ruda «o‘rindigi» bo‘lishi kerak. 
3. Maydalagich tio‘ilib qolganda majburiy to‘htashlardan ogohlantirishni nazorati 
uchun radioktiv yoki elektrod datchiklar orqali signal berib amalga oshiriladi. 
4. Podshibniklari qizib ketganligi xaqida signal beruvchi, yogning qarakati, ularga 
yogni berishni to‘xtatuvchi signallar nazorat o‘ilinadi. 


5. Yirik maydalovchi maydlagichdan keyingi, oralik omborlardan keyingi va 
boyitish korpuslar bunkerlaridan oldingi mahsulot konveyr tarozilari yordamida 
hisobga olinadi. 
6. Sizib chiqayotgan mahsulot oqimi haqida operatorga axborat berish uchun 
ta'minlagich va konveyrlardagi rudaning mavjudligi elektrod va boshqa turdagi 
datchiklar yordamida nazorat qilinadi. 
7. Metalll qidiruvchilar yordamida ruda oqimidan metalll buyumlarni topish va uni 
chetlashtirish. Agar metalll buyum konveyrda olib tashlanmagan bo‘lsa, konveyrni 
to‘xtatish ko‘zda tutiladi. 
8. Maydalangan mahsulot yirikligi nazorat qilinadi. 
Avtomatlashtirishning istikbolli sistemalari maydalangan mahsulotning 
granulometrik tarkibini, omborlarning va oralik bunkerlarining ruda bilan tuldirish 
darajasini nazorat kilish kuzda tutilmokda.
Avtomatlashtirishning 
asosiy 
sistemalariga 
bir 
qator 
boyitish 
fabrikalarida sanoat miqyosida tekshirilgan sistumalar, istiqbolli sistemalarga esa 
tekshirish talab qilinadigan, avtomatlashtirish vositalari seriyali ishlab 
chiqarilmaydigan sistemalar kiradi. 
Maydalagichni boshqarish maydalagich ishchi maydoniga tushadigan 
mahsulotning miqdorini barqarorlashtirishdan iborat. Agar mahsulot balandligi 
belgilangan qiymatdan ortiq bo‘lsa, beriladigan oqim kamaytiriladi, agar zaxira 
belgilangandan kam bo‘lsa oqim kuchaytiriladi. 
Maydalash tsiklini avtomatlashtirish sxemasi ma'lum texnoligik ketma- 
ketlikni saqlagan holda maydalagich va yordamchi mexanizmlarni ishga tushirish 
va tuhtatishni ta'minlaydi.


Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling