Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Ruda boyitish fabrikalari uchun rudaning eng


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

Ruda boyitish fabrikalari uchun rudaning eng 
katta bo'laklari o'lchami 
4-jadval 
№ 
Fabrikaning ruda 
bo'yicha ishlab 
chiqarish 
unumdorligi, t/yil 
Bo'lakning maksimal o'lchami , 
mm 
Ochiq ishlar 
Er 
osti 
ishlari 
 

Kichik, 500 gacha 
560 – 600 
250 – 350 

O'rtacha, 500-3000 
700 – 1000 
400 – 500 

Katta, 3000-9000 
900 – 1000 
600 – 700 

Juda katta, >9000 
1200 

Yanchish bo'limiga kelib tushadigan ruda bo'laklarining optimal yirikligi 
quyidagicha qabul qilingan: 
•sterjenli tegirmonlar uchun – 15-20 mm; 
•sharli tegirmonlar uchun – 10-15 mm. 
Yanchishning boshlang‘ich bosg‘ichida oson bo'linuvchi, shuningdek, loyli va 
nam rudalarni yanchishda sterjenli tegirmonlarga tushuvchi mahsulotning 
yirikligini 20-25 mm gacha oshirish mumkin. 


Rudadagi va maydalangan mahsulotdagi eng katta bo'lakning o'lchami
berilganda umumiy maydalash darajasining chegarasi quyidagicha bo'ladi: 
120
10
1200
d
D
S
min
max
max



12,5
20
250
max
d
D
S
min
min



bu erda:

S - umumiy maydalash darajasi

D va d- tegishli ravishda dastlabki rudadagi va maydalangan 
mahsulotdagi bo'laklarning o'lchami , mm. 
Umumiy maydalash darajasi alohida bosqichlar maydalash darajalarining 
ko'paytmasiga teng, Yirik, o'rta va mayda maydalash maydalagichlari bir marta 
maydalashda quyidagi maydalash darajalarini beradi. 
Yirik maydalash maydalagichlari- 5gacha, o'rtacha maydalovchi konusli 
maydalagichlar tekshiruvchi elash operatsiyasisiz ishlaganda - 6 gacha, shuning 
o'zi tekshiruvchi elash bilan yopiq tsiklda ishlaganda – 8 gacha. 
Mayda 
maydalovchi 
konusli 
maydalagichlar 
tekshiruvchi 
elash 
operatsiyasisiz ishlaganda - 3-5 gacha, shu maydalagichlar yopiq tsiklda 
ishlaganda - 8 gacha. 
Eng kichik maydalash darajasi S min q12,5 ga maydalagichda bitta 
bosqichda maydalanganda erishish mumkin emas, shuning uchun yanchishdan 
oldin quruq maydalash bosq ichlarining soni ikkitadan kam bo'lmasligi kerak. 
Eng katta maydalash darajasi q 120 uch bosqichda maydalash natijasida olinishi 
mumkin. 
6
5
4
120
S
max




yoki 
6
4,5
4,5
120
max
S




Bundan maydalash sxemasini tanlashning birinchi qoidasi kelib chiqadi: 
rudani yanchishga tayyorlashda maydalash bosqichlarining soni ikkita yoki 
uchtaga teng bo'lishi kerak. 
Juda katta ishlab chiqarish unumdorligiga ega (40-60 ming t/yil) 
fabrikalar uchun fabrikaga kelib tushgan o'ta qattiq rudalar (masalan, magnetitli 
kvartsitlar)ni maydalashda bu qoidadan chetga chiqish mumkin. Bu holda to'rt
bosqichli maydalash sxemasi ishlatiladi. 
Dastlabki elash operatsiyalari. Maydalashga tushayotgan mahsulot 
miqdorini qisqartirish (mayda mansulotni elab ajratib olish hisobiga) va 
maydalagichning ishchi zonasida mahsulotning xarakatlanishini oshirish uchun 
qo'llaniladi. Maydalash sxemasiga dastlabki elash operatsiyani kiritish kapital 
harajatlarning ortishiga va maydalash tsexining murakkablashishiga olib keladi. 
Shuning uchun dastlabki elash operatsiyasini dastlabki mahsulotda mayda 
mahsulotning miqdori etarli darajada yuqori bo'lganda, shuningdek, mayda 
mahsulotning namligi yuqori bo'lib, maydalagichning ishlab chiqarish 
unumdorligini pasaytirishida qo'llash tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda bo'shatish
tuynugining kengligi katta (>100 mm) bo'lganda mayda ruda maydalagichdan 


bemalol o'tadi va bunda dastlabki elash fa qat 
elak-maydalagichdan 
iborat 
bo'g‘imning ish bajarish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun 
tanlangan maydalagich tushayotgan mahsulotning o'lchami bo'yicha elak 
o'rnatmasdan ishlab chiqarish unumdorligini ta'minlasa, dastlabki elash 
operatsiyasi ko'zda tutilmaydi.
Agar elashdan voz kechish ikkita yirik maydalovchi maydalagichni o'rnatishga 
olib kelsa, dastlabki elash bilan bitta maydalagich o'rnatishda to'xtash kerak, 
chunki ikkinchi maydalagichni o'rnatish yirik maydalash bo'limini qurishga 
ketadigan kapital harajatlarni deyarli ikki barobar oshiradi. 
Maydalashning ikkinchi bosqichida dastlabki elash operatsiyasi ko'pchilik 
hollarda ishlatiladi. Lekin, agar mayda maydalash maydalagichlari bilan 
bog‘langan o'rtacha maydalash maydalagichlari katta ishlab chiqarish unumdorligi 
zaxirasiga ega bo'lib, ishlab chiqarish unumdorligini mayda maqsulotni
ajratmasdan turib ta'minlay olsa, dastlabki elash operatsiyasi ko'zda tutilmaydi. Bu 
masalani hal etishda rudaning xususiyatini va maydalagichning mayda mahsulot 
bilan presslanib holishi mumkinligini ham hisobga olish kerak.
Maydalashning uchinchi bosqichida bo'shatish tuynugining kengligi kichik (6 
- 7 mm) bo'lgan barcha hollarda dastlabki elash ishlatilishi kerak. 
Zamonaviy fabrikalarda uchinchi bosqich maydalagichlari dastlabki va 
tekshiruvchi elash bilan ishlaydi. Bu operatsiyalar sxemalarga alohida yoki 
birlashgan variantlarda kiritiladi. 

+

+

+

+
БА
ББ

+

+
БББ

+

+

+
ББА

+
Дастлабки элаш 
Майдалаш
Майдалаш
Дастлабки элаш 
Майдалаш
Дастлабки элаш 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling