Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

 
 
 
 
 


3.12. Bolg‘achali maydalagichlar. 
 
 
Bolg‘achali maydalagichlar nisbatan yumshoq ko‘mir, gips, boksit 
oxaktosh va x.k. mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi. Ularda maydalash 
mahsulotning bo‘laklari bo‘ylab bolgachaning zarbi,
bo‘laklarning o‘z – o‘ziga urilishi hamda mahsus plitalarga urilishi, shuningdek, 
materialning bolg‘achalar va maydalagich ostidagi panjara orasida uzilishi
ishkalanishi ta'sirida maydalanadi.
Tuzilishiga ko‘ra bolg‘achali maydalagichlar bir rotorli, bitta gorizontal 
valli va ikki rotorli ikkita va bir – biriga karama – qarshi aylanuvchi gorizontal 
valli maydalagichlarga bo‘linahdi.
Loyli, masalan boksitli rudalarni maydalash uchun og‘ir konstruktsiyali 
qo‘zg‘aluvchi aylanuvchi plitali bir rotorli bolg‘achali maydalagichlar ishlatiladi. 
Rotorli bolg‘achali maydalagichlarning diametri 375 dan 1450 mm gacha
uzunligi 200 dan 1700 mm gacha, ishlab chiqarish unumdorligi 3 dan 500 t/soat 
gacha. Bolg‘achali maydalagich rotorining aylanish tezligi 25–55 m/sek. 
Yuklanuvchi mahsulot bo‘laklarining o‘lchami 800 dan 1000 mm gacha bo‘lishi 
mumkin. Bir rotorli maydalagichlarda maydalangan mahsulot yirikligi 10-15 mm, 
ikki rotorlilarda esa 20-35 mm. Bolg‘achali maydalagichlarning maydalash 
darajasi odatda 10 – 15 bo‘lib, 40 gacha etishi mumkin.
29-rasm Qo‘zg‘aluvchi plitali bir rotorli bolgachali maydalagich. 
Nam mahsulotni maydalashda bolgachali maydalagichning ishlab chiqarish 
unumdorligi pasayadi, panjaraning teshiklari tiqilib qoladi.
Nam mahsulotni maydalashda yoki loyning mikdori nisbatan ko‘p
bo‘lganda maydalagichlarda panjara olib qo‘yiladi. Bunda klassifikatsiya alohida, 
maydalagich bilan bog‘lanmagan klassifikatsiyalovchi moslamalarda amalga 
oshriladi. Bolg‘achali maydalagichlar sodda tuzilishga ega, ixcham ishlashda 
ishonchli, yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va katta maydalash darajasiga ega, 
ular universal ya'ni yirik va o‘rta mayda maydalashlar uchun yaroqli. Kamchiligi 
qattiq mahsulotni yanchishda bolg‘achalarning va qoplamaning tez ishdan chiqishi


nam mahsulotni maydalashda maydalagich tiqilib qolishi, tasodifan qattiq metall 
jismlar tushib qolganda avariya xolatining kelib chikishi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling