Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

3.13. Zarbali maydalagichlar. 
Zarbali maydalagichlar mohiyat jixatidan bolg‘achali maydalagichlarning bir 
turi hisoblanadi. Oxirgi paytlarda ular tez tarqaldi. Zarbali maydalagichlar yirik va 
o‘rta maydalash uchun
qo‘llaniladi, elak bilan yopik tsiklda ishlaganda esa ruda, ko‘mir, shlak, shteyn 
kabi turli – tuman mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi.
Maydalagichga yuklanadigan mahsulotning bo‘laklari katta tezlik bilan 
maydalagichning ishchi maydonida joylashgan sterjen va plitalarga uriladi va 
ularga bir biriga urilib maydarok bo‘laklarga bo‘linadi. Shunday qilib
bo‘laklarning maydalanishi asosan zarba ta'sirida amalga oshadi.
Zarbali maydalagich po‘lat sterjen va maydalovchi plitalar 10 bilan, 70 m/sek 
aylanma tezlik bilan aylanuvchi, 3 - 6 ta to‘qmoq o‘rnatilgan bir yoki ikkita og‘ir 
rotordan tashkil topgan.
Barcha moslamalar (to‘qmoq li rotor, sterjen va plitalar) ichkari tomondan 
qoplovchi plitalar 5 o‘rnatilgan maydalagich 4 ning konusi ichiga joylashtirilgan. 
Sterjenlarning diametri 125-200 mm. Rotor va 7 ga aylanadi.
30-rasm. Zarbali maydalagichlar: a-bir rotorli, b-ikki rotorli. 
Mahsulot maydalagichga tebranuvchi yoki vibratsion ta'minlagich 6 orkali 
yuklanadi. Mahsulot bo‘laklarining sterjenlarga, plitalarga va bir biriga urilishi 
natijasida maydalangan mahsulot 8 orkali bemalol tushib ketadi. Maydalagichning 
asosiy ishchi organlari bo‘lib, to‘qmoqlar, sterjenlar va plitalar hisoblanadi.
Rotorning uzunligi 500 – 1220 mm, diametri taxminan 900 – 1200 mm. 
Zarbali maydalagichlar 400 t/soatgacha etadigan yuqori ishlab chiqarish 
unumdorligiga, yuqori maydalash darajasiga ega, maydalagichga tushib qolgan 
begona metall va boshqa jismlarga ta'sirchanligi kam.


Maydalagichning iste'mol qiladigan quvvati 1m3/soat mahsulot uchun 1kvt 
atrofida. Ta'mirlash ishlari tez, kam vaqt sarflab bajariladi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling