Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi va unga ta’sir


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

4.5. Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi va unga ta’sir 
qiluvchi omillar. 
 
Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi vaqt birligi ichida 
yangidan hosil bo`lgan ma`lum bir sinfning (masalan, 0,074 mm li) miqdori bilan 
aniqlanadi. 
Tegirmonlarning ishlatish vaqtida uning ishlab chiqarish unumdorligiga va 
yanchish ko`rsatkichlariga yanchishning ochiq va yopiq sikllari: yanchuvchi 
vositaning shakli, zichligi va qattiqligi, tegirmondagi bo`tananing zichligi
tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to`ldirilish darajasi, tegirmon barabanning 
nisbiy aylanish chastotasi, klassifikatsiya samaradorligi va h.k. ta`sir ko`rsatadi.
Tegirmondagi bo`tananing zichligi uning oquvchanligini belgilaydi. 
Bo`tananing zichligi qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p yirik zarralar tegirmonning 
bo`shatuvchi sipfasiga tushadi. Markaziy bo`shatuvchi sharli tegirmonlar MShS da 
bu yanchilgan zarralar o`lchamining kattalashishiga olib kelsa, panjara orqali 
bo`shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan mahsulot tarkibida yirik zarralar 
ko`payishi sodir bo`lmaydi, chunki yirik zarralar panjara tomonidan ushlab 
qolinadi. Bo`tananing zichligikichik bo`lganda MShS tegirmonlarida bo`shatuvchi 
panjaradan tezroq o`tib ketadi. MShS turdagi tegirmonlarda bo`tana zichligining 
kamayishi yanchilgan mahsulot tarkibida mayin sinfning ko`payishiga olib keladi. 
Yuqorida sanab o`tilgan omillardan tashqari, barabanli tegirmonlarning ishlab 
chiqarish unumdorligiga dastlabki mahsulotning yirikligi va yanchiluvchanligi
yanchilgan mahsulotning o`lchami barabanning o`lchamlari (D va L), 
tegirmonlarning tuzilishi, uni ishlatish sharoitlari ham ta`sir qiladi. 
Bir xil sharoitd mahsulotning yanchiluvchanligi va tegirmonning ishlab 
chiqarish unumdorligi orasida to`g`ri proporsional bog`liqlik bor. Yanchilayotgan 
mahsulotning o`lchami qancha kichik bo`lsa va yanchilgan mahsulot qanchalik 
yirik bo`lsa, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo`ladi. Bu 
bog`liqlikninazariy jihatdan tasdiqlovchi Rittenger qonunidir  

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling