Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf (1)
6 Q -1 (d -1 - D -1 ) = k i ∙ N (45) bu yerda: Q - tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi; δ - yanchiluvchi mahsulotning zichligi; D va d – dastlabki va yanchilgan mahsulot zarrasiningo`rtacha diametri; k i – mahsulotning yanchiluvchanligiga doir proporsionallik koeffitsiyenti; N – tegirmon iste`mol qiladigan foydali quvvat. Yuqoridagi (1) - formula quyidagicha ifoda qilinishi mumkin: Q = E ∙ N (46) bu yerda: E = k i / b -1 (d -1 -D -1 ) – yanchish samaradorligi, t / (kW∙soat). Shunday qilib, mahsulot yanchishning doimiy sharoitida tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi iste`mol qiladigan foydali quvvatiga proporsional. Amalda foydali quvvat umumiy quvvatning 75% dan 90% gachasini tashkil qiladi. Barabanli tegirmonning geometrik o`lchamlari va foydali quvvati orasida quyidagi bog`liqlik mavjud: N = k∙D 2,5-2,6 ∙ L (47) bu yerda: k - proporsionallik koeffitsiyenti; D va L – tegirmon diametri va uzunligi. Panjarali sharli tegirmon uzunligi ortganda va u klassifikator bilan yopiq shakilda ishlaganda tegirmon ichida aylanadigan yukni kichraytirish kerak, bu esa tegirmonning solishtira ishlab chiqarish unumdorligini kamaytiradi. Tegirmonlarning ichida aylanadigan optimal yuk tegirmon ma`lum sharoitda ishlaganda barabanning uzunligiga teskari proporsional. N ning qiymatini (3) – formuladan (2) – formulaga qo`ysak: Q = E∙ k ∙ D 2,5-3,6 ∙ L = c D 2,5-2,6 ∙ L (48 ) Shunday qilib, bir xil sharoitda tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi barabanning diametriga 2,5 : 2,6 darajada va uzunligiga to`g`ri proporsional Sharli tegirmonlarda D = 2,5 o`z - o`zini yanchuvchi tegirmonlarda D = 2,6 Barabanning 1m 3 hajmiga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish unumdorligi solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi deyiladi: 6 , 0 5 , 0 6 , 0 5 , 0 2 6 , 2 5 , 2 4 4 cD L cD L D L cD q (49 ) Bir xil mahsulotni bir xil sharoitda yanchuvchi ikkita tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligining nisbati. 6 , 0 5 , 0 1 2 2 1 D D q q (50) Tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to`ldirilish darajasi ortgan sari yanchishga ketadigan energiyaning hajmiy sarfi ortib boradi, bunda v = 50% bo`lganda, u maksimumga yetadi/ Bu holda, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi ham tegishli ravishda ortadi. Yanchishning nisbatan yuqori ko`rsatkichlarda φ – ning quyidagi qiymatlarida erishiladi: sharli tegirmonlarda 40 - 50%, sterjenli tegirmonda 35 - 40 “Kaskad”da 38 - 42%, “ Аerofol”da 35 - 42% va h.k. Klassifikatsiyalash samaradorligi qancha yuqori bo`lsa, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo`ladi. Klassifikatsiyalash samaradorligining pastligi, kam aylanadigan yuk bilan ishlaganda tegirmonga shuncha salbiy ta`sir ko`rsatadi. Klassifikatsiyalash samaradorligining ortishi mahsulot o`ta yanchiluvchanligining oldini oladi. Mahsulotning baraban ichidan o`tish tezliginng ortishi yanchuvchi vositaning ish samaradorligini oshirisga, o`ta yanchilish darajasining kamayishiga va tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi ortishiga olib keladi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling