Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. Kamerali gidravlik klassifikatorlar
5.3. Klassifikatorlar
Boyitish fabrikalarida ishlatiladigan gidravlik klassifikatorlarni shartli ravishda 2 guruhga bo ‘lish mumkin: 1. Ajralish gravitatsion va muhitning qarshilik kuchi asosida amalga oshadigan klassifikatorlar (kamerali, konusli, spiralli, piramida shaklidagi klassifikatorlar). 2.Yuqoridagi kuchlardan tashqari markazdan qochuvchi kuch ta’sir qiladigan klassifikatorlar. 5.4. Kamerali gidravlik klassifikatorlar Bu klassifikatorlar mahsulotni gravitatsion usulda boyitishdan oldin tayyorlash klassifikatsiyasi uchun ishlatiladi. Klassifikatorlar 2, 4, 6, yoki 8 ta kameradan iborat bo‘lib, kameralar soni markadan keyin ko‘rsatiladi (KG-2, KG-4, KG-6, KG-8). Kameralarning kengligi mahsulot berilishi tomonidan mahsulot quyilishi tomonga ortib boradi. 38 - rasm. Kamerali gidravlik klassifikatorlar Kamerali gidravlik klassifikator o‘lchamlari ketma-ket kattalashib boruvchi va yuqori qismida bitta butana oqimi bo‘ylab kengayib boruvchi umumiy tarnovchaga ega bir qator piramida shaklidagi kameralardan iborat. Dastlabki bo‘tana tarnovchaning tor qismiga berilib, u klassifikator kameralarini to‘ldiradi va tarnovchaning keng qismidan oqib tushadi. Mineral zarralar o‘zlarining suvda tushish tezliklariga qarab, ma’lum yiriklikdagi sinflarni hosil qilib har xil kameralarda cho‘kadi. Eng mayda fraktsiya quyulma bilan chiqib ketadi. Har qaysi piragidal kameraga tsilindr va konusli nasadka ulanadi. Cho‘kkan mahsulot davriy ravishda ochiladigan klapan orqali konusli uchlikdan chiqarib olinadi. Klasifikatorning tsilindr qismiga kameraning piramida qismida yuqoriga ko‘tariluvchi aylana oqim hosil qiladigan tarzda urinma bo‘yicha bosim ostida suv beriladi. Yuqoriga xarakatlanuvchi suv oqimi cho‘kkan mahsulotdan mayda zarralarni yuvib yuqoriga olib chiqadi. Kameraning pastki toraygan sharoitida sodir bo‘ladi. Kameraning pastki qismiga cho ‘kkan fraktsiya 1,5 aylana (min tezlikda xarakatlanuvchi aralashtirgich yordamida g‘ovaklantiriladi. Kamerali klassifikatorlarning uzunligi 3,7 dan 7,4 m gacha,balandligi - 2,8 dan 4,2 m gacha, i/ch unumdorligi 2 mm li mahsulotda 15 dan 25 t/soat, bunda suv sarfi 30-160 l/min. Gidravlik klassifikatorlarning afzalligi - cho‘kkan mahsulotni avtomatik bo‘shatish va klassifikatsiyani boshqarish mumkinligi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling