Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
pdf (1)

5.7. Konusli klassifikatorlar. 
Konusli klassifikatorlar mahsulotni ikkita mahsulotga - qum va quyulmaga 
ajratib beradi. ( -rasm).
41 -rasm. Konusli klassifikator. 
1-qo'zg‘almas konus; 2-xalqali tarnovcha; 3,4-quvurlar; 5-bo'tana taqsimlagich; 6-
qarshi kuch; 7-po'kak; 8-richaglar sistemasi; 9-ichki konus; 10-prujina; 11-kallak; 
12-sharikli zulfin; 13-diafragma. 


Konusli klassifikatorlar po'lat listdan tayyorlangan qo'zg‘almas konus 1 dan 
iborat bo'lib, uchining yuqori qismiga xalqali tarnovcha 2 payvandlangan. 
Onusning pastgi qismiga almashtiriladigan uchliklarni maxkamlash uchun kallak 
11 payvandlangan.
Uchliklar teshiklarining diametri har qaysi klassifikatsiya sharoiti uchun alohida 
tanlanadi. Konusning yuqori qismida uning o'qi bo'ylab bo'tana taqsimlagich 5 
bilan ta'minlovchi quvur 4 o'rnatilgan. 
Cho'kkan mahsulotni chiqarib olish uchun kallakka bo'shatuvchi uchlikning 
chiqarish tuynugini yopuvchi sharikli zulfin 12 maxkamlangan. Zulfin richaglar 
sistemasi orqali ichki konus 9 da joylashgan qalqib chiquvchi moslama – po'kak 7 
bilan bog‘langan. Bo'shatuvchi uchlikning chiqarish tuynugini berkitish prujina 10 
va qarshi kuch 6 bilan amalga oshirilib, ular sharikli zulfinga bosim kuchini 
boshqarishga imkon beradi. Cho'kkan mahsulotni bo'shatishni boshqarish uchun 
almashtiriluvchi tarelkali krestovinadan tashkil topgan diafragma 13 xizmat qiladi.
Dastlabki mahsulot ta'minlovchi quvur 4 va bo'tana taqsimlovchi orqali 
konusga quyulish tarnovchasidan pastroqda beriladi. Konusdan yuqoriga 
ko'tariluvchi suv oqimi hosil bo'ladi, buning natijasida mayda zarralar konusning 
yuqori qismiga ko'tariladi va quyulish ostonasi orqali quyulmaga ketadi. Yirikroq 
zarralar pasga cho'kadi va konus 1 ni to'ldiradi. Cho'kkan mahsulot ichki konus 9 
ning pastgi zixiga etganda, undan bo'tananing chiqishi qiyinlashadi va oqim 
yuqoriga – 3 va 4 quvurlar orasidagi bo'shliqqa intiladi. Bunda po'kak 7 ko'tariladi 
va richaglar sistemasi orqali bo'shatuvchi moslamaning sharikli zulfini ochiladi.
Ajratiladigan 
mahsulotning 
yirikligiga 
qarab, 
qumili 
va 
olamili 
klassifikatorlarga
bo‘linadi. Qumili klassifikatorlarda ajratiladigan miahsulotning yirikligi 0,15-2 
mm, olamilida ysa -0,15 mimi. 
Konusli klassifikatorlarning konus asosi 2,5-3,5 mi, ishlab chiqarish 
unumidorligi qumili klassifikatorlarda 5-22 t/soat, shlamlida 5-11t/soat. 
Afzalligi: qumilarni avtomiatik bo‘shatib, harakatlanuvchi qismilarning 
yo‘qligi, elektr energiy ishlatilmasligi.
Kamchiligi: qumining vaqti-vaqti bilan (davriy) to‘kilib, konus devorlarida 
qumining yig‘ilib qolishi natijasida klassifikaoiylashning buzilishi, nisbatan katta 
gabarit o ‘lchamiga egaligi.
Konusli klassifikatorlarning texnik xarakteristikasi – jadvalda keltirilgan. 
Konusli klassifikatorlarning texnik xarakteristikasi
Parametrlar 
KKP-1 
KKP-1,5 
KKP-1,8 KKP-2,4 
Quyulish ostonasining 
diametri, mm 
1000 
1500 
1800 
2400 
Ko'zgu yuzasi, m

0,6 
1,57 
1,8 
3,22 
Konusning ishchi hajmi, м
3
0,26 
0,92 
1,625 
4,15 
Ishlab chiqarish 
unumdorligi, т/sоат
1,6-4 
3,6-9 
5-12 
9-22 


Gabarit o'lchamlari, mm: 
Uзunliгi 
uzunligi 
kengligi 
balandligi
1480 
1270 
1552 
2005 
1880 
2065 
2700 
2274 
2902 
3350 
2962 
3110 
Klassifikator og‘irligi, t 
0,16 
0,24 
0,68 
1,27 
Мундарижа 


I боб. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling