Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

5.3. Klassifikatorlar 
Boyitish fabrikalarida ishlatiladigan gidravlik klassifikatorlarni shartli ravishda 
2 guruhga bo ‘lish mumkin: 
1. Ajralish gravitatsion va muhitning qarshilik kuchi asosida amalga oshadigan 
klassifikatorlar (kamerali, konusli, spiralli, piramida shaklidagi klassifikatorlar). 
2.Yuqoridagi kuchlardan tashqari markazdan qochuvchi kuch ta’sir qiladigan 
klassifikatorlar. 
5.4. Kamerali gidravlik klassifikatorlar 
 
Bu klassifikatorlar mahsulotni gravitatsion usulda boyitishdan oldin tayyorlash
klassifikatsiyasi uchun ishlatiladi. Klassifikatorlar 2, 4, 6, yoki 8 ta kameradan 
iborat bo‘lib, kameralar soni markadan keyin ko‘rsatiladi (KG-2, KG-4, KG-6, 
KG-8). Kameralarning kengligi mahsulot berilishi tomonidan mahsulot quyilishi 
tomonga ortib boradi. 


38 - rasm. Kamerali gidravlik klassifikatorlar 
Kamerali gidravlik klassifikator o‘lchamlari ketma-ket kattalashib boruvchi 
va yuqori qismida bitta butana oqimi bo‘ylab kengayib boruvchi umumiy 
tarnovchaga ega bir qator piramida shaklidagi kameralardan iborat. 
Dastlabki bo‘tana tarnovchaning tor qismiga berilib, u klassifikator 
kameralarini to‘ldiradi va tarnovchaning keng qismidan oqib tushadi. Mineral 
zarralar o‘zlarining suvda tushish tezliklariga qarab, ma’lum yiriklikdagi sinflarni 
hosil qilib har xil kameralarda cho‘kadi. Eng mayda fraktsiya quyulma bilan chiqib 
ketadi. 
Har qaysi piragidal kameraga tsilindr va konusli nasadka ulanadi. Cho‘kkan 
mahsulot davriy ravishda ochiladigan klapan orqali konusli uchlikdan chiqarib 
olinadi. 
Klasifikatorning tsilindr qismiga kameraning piramida qismida yuqoriga 
ko‘tariluvchi aylana oqim hosil qiladigan tarzda urinma bo‘yicha bosim ostida suv 
beriladi. Yuqoriga xarakatlanuvchi suv oqimi cho‘kkan mahsulotdan mayda 
zarralarni yuvib yuqoriga olib chiqadi.
Kameraning 
pastki 
toraygan 
sharoitida 
sodir 
bo‘ladi. 
Kameraning pastki qismiga cho ‘kkan fraktsiya 1,5 aylana (min tezlikda 
xarakatlanuvchi aralashtirgich yordamida g‘ovaklantiriladi. 
Kamerali klassifikatorlarning uzunligi 3,7 dan 7,4 m gacha,balandligi - 2,8 
dan 4,2 m gacha, i/ch unumdorligi 2 mm li mahsulotda 15 dan 25 t/soat, bunda suv 
sarfi 30-160 l/min. 
Gidravlik klassifikatorlarning afzalligi - cho‘kkan mahsulotni avtomatik 
bo‘shatish va klassifikatsiyani boshqarish mumkinligi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling