Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf (1)
5.6. Gidrosiklonlar Gidrotsiklonlar apparat ichida mineral zarralarning spiralsimon traektoriya bo‘ylab harakatlanishi natijasida hosil bo‘ladigan markazdan qochuvchi kuchni ishlatishga asoslangan klassifikatsiyalovchi apparatlar turiga kiradi. Bunda markazdan qochuvchi kuch mineral zarraga ta’sir qiluvchi gravitatsion kuchdan ancha kattadir. Shuning uchun gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalash ajralish gravitatsiya kuchi hisobiga sodir bo ‘luvchi boshqa apparatlardagiga nisbatan jadalroq boradi. Gidrotsiklonlar katta ishlab chiqarish unumdorligiga va yuqori klassifikatsiyalash samaradorligiga ega. Boyitish amaliyotida gidrotsiklonlar yanchilgan mahsulotni quyulma va qumga ajratish, mahsulotlarni shlamsizlantirish, suvsizlantirish va h.k. maqsadlarida ishlatiladi. Gidrotsiklon slindr va konus qismlardan tuzilgan yuqoridan markazida dumaloq teshigi bor qopqoq bilan yopiladigan apparatdan iborat (13-rasm). 40- rasm. Gidrotsiklon 1 –monometr, 2 – qopqoq, 3- quyuluvchi truba, 4 – slindrik qismi, 5- truba, 6 – qoplama, 7 – konus qismi, 8 – konussimon nasadka. Dastlabki mahsulot gidrotsiklonning silindrik qismiga bosim ostida konussimon uchlik orqali beriladi. Gidrotsiklonga mahsulotning bunday berilishi bo‘tananing aylanishini vujudga keltiriladi. Yirikroq zarralar markazdan qochuvchi kuch ta’sirida gidrotsiklon devoriga siqiladi va tashqi oqim bilan konusning pastki teshigi orqali chiqariladi. Mayda zarralar ichki aylanuvchi oqim bilan yuqori qopqoqdagi teshik orqali chiqariladi. Gidrotsiklonlarda zarralarning ajralishi og‘irlik kuchi ta’sirida emas, balki markazdan qochuvchi kuch ta’sirida sodir bo‘lishi tufayli ularda nisbatan mayda zarralarni ham katta mehnat unumdorligi bilan cho‘ktirish mumkin. Gidrotsiklonlarda o‘lchami 15 mkm gacha bœlgan quyulma olish mumkin, shu tufayli ularni bo‘tanani shlamsizlantirish uchun ishlatish mumkin. Mahsulot yirikligini gidrotsiklonga tushayotgan bo ‘tananing bosimini, hamda pastki bo ‘shatish teshigining o‘lchamini o‘zgartirish orqali boshqarish mumkin. Gidrotsiklonlar xuddi mexanik klassifikatorlar quyulmalari kabi yiriklikdagi quyulma olishga imkon beradi. Biroq gidrotsiklonlarning quyi mahsuloti 50-65% qattiq zarralarni saqlaydi, ya’ni mexanik klassifikatordagiga nisbatan suyuqroq qum olinadi va shuning uchun ko‘proq suvda muallaq joylashgan mayda sinfni saqlaydi. Shu sababga ko‘ra gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalash samaradorligi mexanik klassifikatorlarnikidan past. Gidrotsiklonlar rudalarni yanchish sxemalarida keng qo‘llaniladi. Ular sharli tegirmonlar bilan yopiq siklda ishlovchi mexanik klassifikatorlarning o‘rnini bosadi. Gidrotsiklonlar katta sanoat maydonini ishg‘ol etmaydi va mexanik klassifikatorlarga nisbatan ancha arzon. Ishlatishda gidrotsiklonlar klassifikatorlarga nisbatan qulayroq, chunki ularning tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo‘q. Gidrotsiklonga kelib tushadigan mahsulotning xajmi mexanik klassifikatorlardagidan kam. Bu ham tegirmon-gidrotsiklondan tashkil topgan agregatni ishga tushirish va to‘xtatishni yengillashtiradi, shuningdek mahsulotni yanchish siklida bo‘lish vaqtining qisqaligi tufayli rudaning oksidlanishini kamaytiradi. Gidrotsiklonlarning asosiy kamchiligi gidrotsiklonning o‘zini va unga bo ‘tanani beruvchi nasosning tez ishdan chiqishi va nasosning ishi bilan bog‘liq elektr energiya sarfining balandligi. Ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun zamonaviy gidrotsiklonlar ichki tomonidan rezina bilan qoplanadi va alohida detallarini almashtirish mumkin bo ‘lishi uchun yig‘iladigan qilib tayyorlanadi. Metallning mahsus navlaridan tayyorlangan nasoslarni ishlatish tavsiya qilinadi. Gidrotsiklonlar 500 dan 1000 mm gacha diametrda tayyorlanadi. Konuslik burchagi odatda 20-22 0 qabul qilinadi. Bo‘tananing gidrotsiklonga kirishdagi bosimi 0,3 dan 3 ata. Pastroq bosimda ishlash afzalroq, chunki bunda gidrotsiklonning ishdan chiqishi va elektrenergiya sarfi kamayadi. Yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga erishish uchun gidrotsiklonlarning bir nechtasini o‘rnatish kerak. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling