Xalq og‘zaki ijodida o’rtoqlik-do’stlik tarbiyalasi
Download 136.68 Kb.
|
10mav
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq og‘zaki ijodi namunalari.
- Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash.
XALQ OG‘ZAKI IJODIDA O’RTOQLIK-DO’STLIK TARBIYALASI.Reja:
Xalq og‘zaki ijodi namunalari.Xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan turib, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois xalq an’analari, urf-odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda ifodalangan g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g‘oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozimXalq xotirasida saqlanayotgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar, maqol va matallar, ashula va topishmoqlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga va haqgo‘ylikka undaydi. Xalq og‘zaki ijodida inson hayotining barcha qirralari aks etgan. Ularda ota-onalarning bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish borasidagi yo‘l-yo‘riq va usullari ham o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda.Xalq og‘zaki ijodida bolalarni bosiqlikka, sofdillikka, oddiylikka undash bilan birga, ulardagi gerdayish, ichiqoralik, chaqimchilik va boshqa salbiy sifatlar qoralangan. «Manmanlik qilma, netarsan, obro‘yingdan ketarsan», «Sen o‘zingni maqtama, seni 101 birov maqtasin», «Egilgan boshni qilich kesmas», «Mevali daraxtning mevasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning boshi shunchalik pastga egiladi», «Baxilning bog‘i ko‘karmas», «Birovga go‘r qazisang, o‘zing yiqilasan», «Egri o‘ltirib, to‘g‘ri gapir», «Ko‘rpangga qarab oyoq uzat» singari xalq maqollarida pand-nasihat ifoda etilgan.Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash.Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda alla- qo‘shiqlarining ijtimoiy-g‘oyaviy mazmuni va tarbiyaviy ta’siri, xalq ertaklaridan maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanish mazmuni va xalq maqollari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki xulq-atvor madaniyatini shakllantirishda muhim ahmiyat kasb etadi.
Download 136.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling