Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun
Yanchuvchi jismlarning yeyilishi (siyqalanish)
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf (1)
4.11. Yanchuvchi jismlarning yeyilishi (siyqalanish).
Yachuvchi vosita sifatida rudali va metall jismlar ishlatiladi. Metall yanchuvchi vositalar shakliga qarab sharli va sterjenliga bo‘linadi. Sharlar prokatlash, bolg‘alash (kovka) yoki qoliplash (shtampovka) orqali po‘latning turli markalaridan diametri 15 da 125 mm gacha (30 dan 110 mm oraliqda 10 mm diapazonda) qilib tayyorlanadi. Diametri 60 mm gacha bo ‘lgan sharlar kamida 0,35 % uglerod saqlovchi po‘latdan, diametri 60 mm dan katta sharlar tarkibida kamida 0,6 % uglerod saqlovchi po‘latdan tayyorlanadi. Sharlar toblanishi kerak. Sharlarning yuzasida darzlar, pufakchalar, parda va boshqa begona narsalar bo‘lmasligi kerak. Sterjenlar 40 dan 125 mm gacha diametrda uglerodli po‘latdan prokatlab tayyorlanadi. Ular ruxsat etilgan chegaragacha eyilgandan keyin (30-50 mm gacha) bukilmasligi va mayda bo‘laklarga bo‘linmasligi kerak. Ishlab chiqarilayotgan sharlar qattiqlik, zarbaga chidamlilik va geometrik o‘lchamlar bo‘yicha talablarga javob bermaydi, shuning uchun ularning sarfi katta. ßqin yillar ichida cho‘yan yanchuvchi vositalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Diametri 40-50 mm li po‘lat sharlarni diametri 25 mm li cho ‘yan sharlarga almashtirish kelajakda yaxshi samara beradi. Shar, sterjen va tegirmon qoplamasining edirilishi yanchuvchi vositaning sirg‘anishdagi, dumalashdagi ishqalanishi yanchuvchi vositaning o‘zaro va qoplama orasida urilishi natijasida sodir bo‘ladi. Eyilishning jadalligi shar, sterjen va h.k.lar tayyorlangan po‘latning xossalariga, abrazivligiga, yanchiluvchi mahsulotning yirikligi va қattiқligiga, yanchilish usuliga, muxitning aгressivligiga, futerovkaning urinishiga, tegirmonning ishlash tartibiga, tegirmon barabanining o‘lchamiga, yanchish sxemasiga va h.k.ga bog‘liq. Quruq yanchishda po‘lat yanchuvchi vositalarning eyilishi abraziv ta’sir natijasida, ya’ni mahsulot zarralarini metallni mikrotirnash va mikrokesish natijasida metall zarralarining qirindi shaklida uzilishi hisobiga sodir bўladi. Ho‘l yanchishda esa abraziv eyilishiga yana korrozion eyilish ham qo‘shiladi. Tekshirishlar agressiv muhitda korrozion eyilish umumiy eyilishning 10-60 % ni tashkil qilishi aniqlangan. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling