Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

 
 
4.7. Yanchish sexida dastgohlarni joylashtirish. 
 
Sharli va sharsiz usulda yanchish sexlarida dastlabki ruda bunkerdan 
ta`minlagich orqali yig`uvchi tasmali konveyerga beriladi. Keyin qiya konveyer 
orqali u klassifikator, gidrosiklon yoki elak bilan yopiq siklda ishlovchi 
tegirmonga beriladi. Klassifikator qumlari, odatda, tegirmonga o`z – o`zidan oqib 
tushadi. Agar buning iloji bo`lmasa, qum nasoslari, vintli konveyer va h.k.lardan 
foydalaniladi. 
Temirli rudani o`z - o`zini yanchishni qo`llab boyitish bosh binosida 
joylashtirilishi ko`rsatilgan 
Dastlabki mahsulot bo`lib o`lchami 350-0 mm bo`lgan, tog` jinsini panjarali 
elakda elashdan keyin karyerdan tasmali konveyerga to`g`ridan - to`g`ri kelib 
tushadigan ruda hisoblanadi. 
Dastlabki rudani yanchish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich 
“Kaskad” turidagi tegirmonda (7,0 x 2,3 m) 60% miqdorda – 0,074 mm li sinf 
olinguncha yanchiladi. 


Yanchishning birinchi bosqichi spiralli klassifikator bilan yopiq siklda amalga 
oshiriladi. Ikkinchi bosqich qumi “Каскад” tegirmonida qaytadan yanchiladi. 
Boyitish korpusi uch bo`limdan iborat: ruda saqlash, yanchish, magnit 
seperatsiyasi va filtrlash bo`limlari. 
Yanchish bo`limda “Кaskad” va ruda - galkali tegirmonlar parallel joylashgan. 
Dastlabki rudani “Кaskad” tegirmoniga berish plastinkasimon ta`minlagich yoki 
konveyerlar sistemasi orqali amalga oshiriladi.
Tegirmonda yanchilib chiqqan mahsulot 0-15; 15-40 va 40-120 mm li 
sinflarga klassifikatsiyalanadi. 0-15 mm li sinf spiralli klassifikatorga tushadi, 
uning qumlari esa 15-40 mm li snif bilan birga konveyerlar sistemasi orqali 
“Каскад” tegirmoniga tushadi. 
Yanchish bo`limiga 320 tonna yuk ko`tara oluvchi kran o`rnatilgan. “Каскад”
tegirmonini fundamentdan ajratib olish uchun maxsus domkratlar ko`zda tutilgan. 
Boshqa 
bo`limlarning 
joylashtirilishi 
ham 
sharli 
yanchuvchi 
bo`lim 
joylashtirilishidan farq qilmaydi. 
Sharli yanchish bo`yicha loyiha yechimlari yangi, ishlab chiqarish 
unumdorligi yuqoriroq bo`lgan dastgohlarni ishlatish, maydalangan mahsulot 
o`lchamini kichraytirish (oxirgi bosqichda maydalashning yopiq siklni qo`llash 
natijasida), so`ngra magnit separatsiyasini ishlatish yo`li bilan takomillashib 
bormoqda. O`z – o`zini yanchishni qo`llovchi boyitish fabrikalarida konstruktiv- 
joylashtirish masalalarining takomillashuvi ish jarayonida aniqlangan noto`g`ri 
yechimlarni yo`qotilishi hisobiga hal bo`lmoqda. 
Yanchish sxemasida tegirmonning klassifikatsiyalovchi apparatining turi va 
soni, shuningdek, boyitsh sohasiga qarab, tegirmonlarni bir yoki ikki qatorda 
ko`ndalang, bo`ylama va aralash joylashtirish mumkin. 
Tegirmonlarni to`g`ri ishlatishni muhim shartlaridan biri ularga mahsulotni 
miqdor jihatdan ham, qattiqlik va granulometrik tarkib bo`yicha ham bir tekis 
berish, shuningdek, yanchuvchi vosita bilan o`z vaqtida qo`shimcha yuklashdir. 
Qo`shimcha sharlar qo`shish amalda qayta ishlangan foydali qazilma va 
yanchuvchi vositaning solishtirma sarfini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 
Sharlarni avtomatik tarzda qo`shish uchun tegirmonning bo`shatuvchi bo`ynida 
sharli ta`minlagich o`rnatilgan. Sharlar yeyilmaydigan 50g, 60g, 65g markali 
po`latdan tayyorlanadi. Sterjenlarni qayta qo`shish tegirmon to`xtatilganda 
ko`prikli kranlar yordamida amalga oshiriladi.
Quyida 1 t konsentrat olish uchun sarflanadigan elektr energiyasi va turli 
mahsulotlarning sarfi keltirilgan:
Elektr energiya, kW-soat 50,7-76,0
Suv (texnik), m
3
18,6-30,3 
Sharlar, kg 2,499-3,966 
Sterjenlar, kg 0-0,859
Po`lat qoplama, kg 0,262-0,456 
Tajriba asosida aniqlanishicha, yanchishga sarflangan 1 kW∙soat uchun 
yanchuvchi vositaning sarfi, (kg): sharlar – 0,091, sterjenlar - 0,12. Tub 


podshibniklarni va tebranish podshibniklarni moylash uchun industrial yog` 
(ko`pincha, 50-markali) ishlatiladi. 
Moylash moylashning markazlashgan sirkulatsion sistemasidan amalga 
oshiriladi. Ochiq tishli uzatmani moylash uchun, ko`pincha, konsistent moy 
ishlatiladi. 
Yanchish bo`limda ishlovchi shaxslar yanchuvchi va klassifikatsiyalovchi 
dastgoglarda ishlash qoidalariga qat`iy rioya qilishlari kerak. 
Yanchish bo`limdagi dastgoglarni ishga tushirish va to`xtatish fabrika bosh 
muhandisi tomonidan tasdiqlangan texnologik yo`l-yo`riqlar bilan aniqlanadi. 
Tegirmonlarni tovush va yorug`lik signallari sistemasi buzuq bo`lganda, 
harakatlanuvchi qismlar himoyalanuvchi to`siqlar bilan to`silmaganda, moylash 
sistemasigda moy bo`lmaganda hamda zich yopilmagandan birikmalardan bo`tana 
oqayotganda ishga tushirish man etiladi.
Xizmat ko`rsatuvchi shaxslar qaerda shikastlanish sodir bo`lishi mumkinlgi, 
ularni krlib chiqish sabablari va yo`qotish usullarini bilishlari kerak. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling