Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun
Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
pdf (1)
4.9. Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari.
Yanchish ma’lum yiriklikka ega zarralar olish, yanchilgan mahsulotning berilgan solishtirma yuzasiga erishish, rudali va noruda minerallar yuzasini ochish, mahsulotni fizik va kimyoviy o ‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladi. Yanchish texnologiyasini foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasining shartlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Boyitish fabrikalarida ruda va boshqa foydali qazilmalarni barabanli tegirmonlarda yanchish bir, ikki va uch bosqichli sxemalar orqali amalga oshiriladi. Bir bosqichli yanchish sxemalari uncha katta bo‘lmagan quvvatga ega (200 t/sutka gacha), shunigdek katta quvvatga ega bo‘lgan fabrikalarda nisbatan dag‘al (0,2 mm gacha) yanchishda qo‘llaniladi. Barabanli sharli, sterjenli va ruda-galkali tegirmonlar yopiq siklda va kamdan- kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlaydi.Ochiq siklda yanchilgan mahsulot tegirmondan faqat bir marta o‘tadi va tegirmondan tayyor yanchilgan mahsulot olinadi. Ochiq siklda yanchish sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho‘l yanchishda, sharli tegirmonlar uchun esa faqat quruq yanchishda ishlatiladi. Yopiq siklda tegirmon spiralli klassifikator, gidrosiklon yoki elak bilan birgalikda o‘rnatiladi. Ikki bosqichli yanchish sxemalari o‘rtacha va katta quvvatdagi boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyushda qo‘llaniladi. Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotni birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga uzatish: quyulma yoki qum bo‘yicha uzatish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar to‘liq yopiq siklda, ikkinchi holda esa birinchi bosqich tegirmonlari ochiq yoki qisman ochiq siklda, ikkinchi bosqichdagisi esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o‘rnatiladi. Yachishning yopiq siklida yanchuvchi mahsulot tegirmondan klassifikatorga tushib, ikkita mahsulot-quyulma va qumga ajraladi. Quyulma boyitishga yuborilsa, qum esa to talab qilinadigan kattalikgacha yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi. Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiyga aylanib, u tegirmon ichida aylanuvchi yuk deb ataladi. Tegirmonga tushadigan rudaning miqdori, o‘lchami, qattiqligi, suvning berilishi, nasoslarning va gidrosiklonlarning ishlash tartibi o‘zgarгаnda tegirmon ichida aylanadigan yukda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tegirmon yopiq siklda ishlaganda tegirmonning ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligining ortishi bilan uning ichida aylanadigan yuk ortadi. Uncha katta bo‘lmagan (400 % gacha) aylanuvchi yuk tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi.Tegirmon ichida aylanuvchi yukning miqdorini ortishi mahsulotni tegirmon ichidan o‘tish tezligini oshiradi, bu esa mahsulotning o‘ta yanchilishining oldini olib, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Bu yukning keragidan ortishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga olib keladi. Sharli, rudali va ruda-galkali tegirmonlar asosan yopiq siklda ishlaydi. Odatda tegirmon ichida aylanuvchi yuk foizlarda ifodalanadi: С = S / Q (59) bu erda: S - qumning og‘irligi; Q - dastlabki mahsulotning og‘irligi. Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og‘irligi: Qum = Q + S = Q + СQ = Q (1 + С) (60) Aylanuvchi yuk dastlabki mahsulotning og ‘irligiga qarab 50 dan 700 % gacha chegarada o‘zgarishi mumkin. Tegirmonning dastlabki mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning mayinligi ortsa aylanuvchi yuk ortadi. Xaddan ortiq aylanuvchi yukda yanchish sharoiti yomonlashadi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling