4.10. Yanchish sxemalarini tanlash va hisoblash.
Yachish sxemalarini tanlashda rudaning moddiy tarkibi va fizikaviy xossalari,
yanchishning talab qilinadigan o‘lchami, minerallar yuzasining ochilish darajasi,
kapital va ekspluatasiya xarajatlari va h.k. ni hisobga olish kerak.
Rudani sharli yanchishda uning tarkibida 15 % tayyor mahsulot bo‘lganda
yanchishning birinchi bosqichidan oldin dastlabki klassifikasiya ishlatiladi. To‘liq
yopiq siklda tekshiruvchi klassifikasiya yanchilgan mahsulot yirikligini nazorat
qilish, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va mahsulotning
shlamlanishini kamaytirish uchun qo ‘llaniladi.
Rudali o‘z-o‘zini yanchishda ikki bosqichli yanchish sxemasi ishlatiladi.
Birinchi bosqich "Kaskad" yoki "Aerofol" turdagi tegirmonlarda spiralli
klassifikator, elak, pnevmatik klassifikator kabilar bilan yopiq siklda, ikkinchi
bosqich esa gidrosiklonlar bilan yopiq siklda ishlovchi ruda-galkali tegirmonlarda
amalga oshiriladi.
Yachish sxemasini tanlash turli xildagi sxemalarni sanoat yoki yarim sanoat
sharoitida tajriba yo‘li bilan tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunday
ma’lumotlar yo‘q bo‘lsa yanchish sxemasi dastlabki va oxirgi mahsulotning
o‘lchami, boyitish fabrikasining quvvati, qum va quyulmani alohida boyitish
kerakligi, rudaning fizik xossalari va h.k. asosida tanlanadi.
O‘z-o‘zini yanchishni nam va loyli rudaga qo‘llash afzal. Tegirmonning
o‘lchamini va iste’mol qiladigan quvvatini tanlash yiriklashgan sinov natijalari
asosida tanlanadi. Agar tegirmonga tushayotgan mahsulot ichida yirik bo‘laklar
etarli miqdorda bo‘lmasa, ruda-galkali yanchish qo‘llanilishi mumkin. Bu usul o‘z-
o‘zini yanchishdan qimmatroq, lekin sharli va sterjenli tegirmonlarda yanchishdan
arzonroq. Shunday qilib, yanchish usuli rudaning qattiqligini, moddiy va
granulometrik tarkibini, tekstura tuzilishini hisobga olgan holda ularni texnik-
iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |