4.5. Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi va unga ta’sir
qiluvchi omillar.
Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi vaqt birligi ichida
yangidan hosil bo`lgan ma`lum bir sinfning (masalan, 0,074 mm li) miqdori bilan
aniqlanadi.
Tegirmonlarning ishlatish vaqtida uning ishlab chiqarish unumdorligiga va
yanchish ko`rsatkichlariga yanchishning ochiq va yopiq sikllari: yanchuvchi
vositaning shakli, zichligi va qattiqligi, tegirmondagi bo`tananing zichligi,
tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to`ldirilish darajasi, tegirmon barabanning
nisbiy aylanish chastotasi, klassifikatsiya samaradorligi va h.k. ta`sir ko`rsatadi.
Tegirmondagi bo`tananing zichligi uning oquvchanligini belgilaydi.
Bo`tananing zichligi qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p yirik zarralar tegirmonning
bo`shatuvchi sipfasiga tushadi. Markaziy bo`shatuvchi sharli tegirmonlar MShS da
bu yanchilgan zarralar o`lchamining kattalashishiga olib kelsa, panjara orqali
bo`shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan mahsulot tarkibida yirik zarralar
ko`payishi sodir bo`lmaydi, chunki yirik zarralar panjara tomonidan ushlab
qolinadi. Bo`tananing zichligikichik bo`lganda MShS tegirmonlarida bo`shatuvchi
panjaradan tezroq o`tib ketadi. MShS turdagi tegirmonlarda bo`tana zichligining
kamayishi yanchilgan mahsulot tarkibida mayin sinfning ko`payishiga olib keladi.
Yuqorida sanab o`tilgan omillardan tashqari, barabanli tegirmonlarning ishlab
chiqarish unumdorligiga dastlabki mahsulotning yirikligi va yanchiluvchanligi,
yanchilgan mahsulotning o`lchami barabanning o`lchamlari (D va L),
tegirmonlarning tuzilishi, uni ishlatish sharoitlari ham ta`sir qiladi.
Bir xil sharoitd mahsulotning yanchiluvchanligi va tegirmonning ishlab
chiqarish unumdorligi orasida to`g`ri proporsional bog`liqlik bor. Yanchilayotgan
mahsulotning o`lchami qancha kichik bo`lsa va yanchilgan mahsulot qanchalik
yirik bo`lsa, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo`ladi. Bu
bog`liqlikninazariy jihatdan tasdiqlovchi Rittenger qonunidir
Do'stlaringiz bilan baham: |