Geologiya va konchilik ishi fakulteti 5540200 «Konchilik ishi» yo ‘nalishi fqb mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun


O ‘z-o ‘zini yanchuvchi barabanli


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/50
Sana01.11.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1737311
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
Bog'liq
pdf (1)

 
4.4. O ‘z-o ‘zini yanchuvchi barabanli 
tegirmonlar 
O‘z-o‘zini ho‘l yanchuvchi tegirmon MMS - 7000x2300 yonbosh qopqoq
podshipniklarga tayanuvchi yuklovchi va bo‘shatuvchi tsapfali barabandan iborat. 
Baraban tishli mufta, rolikli polshipniklarga o‘rnatilgan uzatuvchi shesternya
va bo‘shatuvchi tsapfa gardishiga mahkamlangan tishli jig‘a orqali 
elektrodvigateldan aylanadi. 
Baraban korpusi bir-biri bilan gardishlar orqali bog‘langan ikki qismdan 
iborat. Unga ichi g‘ovak tsapfalar ulangan. Tsapfalarda yuklovchi va bo‘shatuvchi 
vtulkalar joylashgan. Yuklovchi vtulka rudani tegirmonga berishni tezlashtiruvchi 
spiral va zichlagich orqali sizib chiqqan butanani tegirmonga qaytaruvchi spiralli 
moslamaga ega. 
Dastlabki ruda tegirmonga mexanik uzatma orqali relslarda harakatlanuvchi 
patrubkadan iborat yuklovchi moslama orqali beriladi. Barabanning qoplamasi 
zirkli plita va lifter (pona) dan tashkil topgan. 


Lifterlar bilan bir-birining ichiga kirib birikish uchun zirkli plitalarning uchi 
qiya nishabga ega. ¨nbosh devorlardagi qoplamalar ikki qator plitalardan iborat. 
Plitalarni bir-biriga ulash lifterlar va boltlar bilan amalga oshiriladi. Tegirmonning 
bo‘shatish tomonida panjara
o‘rnatilgan. Uning tirkishlari 20 mm kenglikka ega va bo‘shatish tomoniga qarab
kengaytirib tayyorlangan. Panjaralar yonbosh lifterlar va boltlar bilan 
mahkamlangan. 
36—rasm. O’z-o’zini yanchuvchi tegirmon MMS 7000x2300 
1-baraban; 2-lifter; 3,14-yonbosh qopqoqlar; 4-yuklovchi kamera; 
5,11-podshipniklar 6-yuklovchi moslama; 7-elektrdvigatel; 
8tishlimufta; 9-klassifikatsiyalovchi moslama; 10-tishli jig’a; 12-bo’shatuvchi 
tsapfa; 13-panjara. 
Bo‘shatuvchi panjarali sharli tegirmonlarga o‘xshash MMS turdagi 
tegirmonlarda panjara va yonbosh qopqoq orasidagi bo‘shliq radius
bo‘ylab joylashgan to‘siqlar bo‘shatuvchi lifterlar bilan tsapfaga ochiluvchi 
sektorli kameralarga bo‘lingan. Bu lifterlar qoplama plitalar bilan birga qo‘yiladi. 
Panjara 
va bo‘shatuvchi lifterlarning mavjudligi tufayli yanchilgan 
mahsulotning tegirmondan majburan tushirib olishga va tegirmonda


bo‘tanani quyi sathda ushlab turishga imkon tug‘iladi. Tegirmondan tushirib 
olingan mahsulotning klassifikatsiyasi bo‘shatuvchi tsapfaga mahkamlangan 
bo‘limda amalga oshiriladi. 
O‘z-o‘zini ho‘l yanchuvchi tegirmonlar o‘lchamiga qarab quvvati 3000-4000 
kVt gacha bo‘lgan bir yoki ikkita dvigatel orqali harakatga keltiriladi. Uzatmaning 
tishli jig‘asi bo‘shatuvchi tsapfaga mahkamlangan, u bilan bir yoki ikki kichik 
shesternya orqali bir yoki ikkita uzatma val bog‘langan. O‘z-o‘zini yanchuvchi 
tegirmonlarning texnik xarakteristikasi ilovada berilgan. 
“Aerofol” turdagi tegirmon tuzilishi bo'yicha ko'p jiрatdan MMS 
tegirmoniga o'xshaydi.Uning ishlash tartibi yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan. 
Dastlabki ruda tegirmonga yuklovchi tsapfa orqali tushadi. Baraban- qisqa tsilindr 
aylanganda markazdan qochuvchi kuch va lifterlar yordamida ruda bo'laklari 
ma'lum balandlikka kshtariladi va pastki zonaga tushadi(yig‘iladi), buning 
natijasida maqsulotning yanchilishi sodir bo'ladi.Barabanning yon bosh qopqog‘i 
tegirmonning ishchi maydonida mahsulot yig‘ilib qolmasligi (segregatsiya), uchun 
qaytaruvchi xalqalar bilan ta'minlangan. 
Bu xalqalar shuniningdek mahsulotni ishqalanish natijasida yanchiydi va 
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi oshiradi. 
“Aerofol”turdagi tegirmon havoli seperator va tsiklon bilan yopiq tsiklda 
ishlaydi. 
Tegirmon va klassifikatsiyalovchi dastgohlar orqali ventilyatordan havo 
beriladi .Yanchilgan mahsulot havo oqimi bilan barabandan bo'shatuvchi tsapfa 
orqali chiqarib yuboriladi.Yanchilgan mahsulotning yirikligi tegirmon orqali 
o'tayotgan havo oqimining tezligini o'zgartirib boshqariladi. Mahsulotning mayda 
zarralar havo oqimiga tushib, tegirmonning ishchi maydonidan chiqib 
klassifikatorga, yirik zarralar esa tuzoqqa tushadi.
Juda kichik zarralar havo oqimi yordamida tsiklonlarga yo'naltiriladi va 
ularning cho'kishi sodir bo'ladi.havoning ortiqchasi filtrda tozalangandan keyin 
atmosferaga chiqarib yuboriladi. 


37 – rasm. “Aerofol” turdagi tegirmon. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling